» » Abdulaziz Komilov Fransiya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Abdulaziz Komilov Fransiya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi


O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya 29-mart kuni Fransiya tashqi ishlar va xalqaro taraqqiyot vaziri Jan-Mark Ero bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, harbiy-texnik, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollarini muhokama qildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston—Fransiya tashqi ishlar vazirlari doimiy uchrashuvlari hamda boshqa darajadagi aloqalar davlatlararo hamkorlikni o‘zaro manfaatli asosda izchillik bilan chuqurlashtirishga, shuningdek, biznes doiralari, ilmiy va ta’lim muassasalari vakillari hamda madaniyat va san’at arboblari bilan almashinuvlarni kengaytirishga xizmat qilishi qayd etildi.

Suhbat davomida ayrim xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan ham fikr almashildi. Muzokaralar yakunida vazirlar tomonidan O‘zbekiston va Fransiya tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2017—2018-yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik dasturi imzolandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (29-03-2017, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 77) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют