» » Saudiya Arabistoni elchisi O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlamoqda

Saudiya Arabistoni elchisi O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlamoqda


2017-yil 24-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov O‘zbekistonda diplomatik missiyasini yakunlayotgan Saudiya Arabistoni Qirolligining favqulodda va muxtor elchisi Abdurahmon bin Abdulloh ash-Shayani qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Suhbat davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari borasida fikr almashildi.

Uchrashuvda elchining 2011—2017-yillardagi samarali faoliyati qayd etildi. Ushbu davr mobaynida O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida hamkorlik izchil rivojlanib, mustahkamlangani e’tirof etildi.

Elchi, o‘z navbatida, diplomatik faoliyatida amaliy ko‘mak ko‘rsatilgani uchun O‘zbekiston tomoniga minnatdorchilik bildirdi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-03-2017, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют