» » Abdulaziz Kamilov Janubiy Afrika Respublikasining yangi tayinlangan elchisini qabul qildi

Abdulaziz Kamilov Janubiy Afrika Respublikasining yangi tayinlangan elchisini qabul qildi


O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Janubiy Afrika Respublikasining yangi tayinlangan Favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Anqara shahrida) Pule Isaak Malefaneni qabul qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Elchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga yo‘llangan ishonch yorliqlarini topshirdi.

Qisqa marosimdan so‘ng ikki tomonlama munosabatlar kun tartibining dolzarb masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan suhbat bo‘lib o‘tdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va JAR o‘rtasida manfaatli hamkorlikni, avvalo savdo-iqtisodiy, investitsion sohalardagi aloqalarni yanada kengaytirishdan tomonlar manfaatdor ekanligi ta’kidlandi.

Elchining O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “O‘zbekneftegaz” milliy xolding kompaniyasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi va boshqa tuzilmalardagi bo‘lajak muzokaralari o‘zaro manfaatli yangi yo‘nalishlarni topish va ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga imkon berishiga ishonch bildirildi.

Uchrashuvda xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Опубликовано: admin (1-03-2017, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют