» » Abdulaziz Komilov Avstraliyaning yangi tayinlangan elchisi Piter Martin Teshni qabul qildi

Abdulaziz Komilov Avstraliyaning yangi tayinlangan elchisi Piter Martin Teshni qabul qildi


2017-yilning 2-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Avstraliyaning yangi tayinlangan Favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) Piter Martin Teshni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Elchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga yo‘llangan ishonch yorliqlarini topshirdi.

Suhbat davomida O‘zbekiston—Avstraliya munosabatlarini rivojlantirishning hozirgi holati va ustuvor yo‘nalishlari, shuningdek, BMT va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanish maqsadida turli sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun yangi marralarni birgalikda belgilash imkonini beruvchi vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarni o‘tkazish amaliyotini davom ettirishdan tomonlar manfaatdor ekanligi tasdiqlandi.

Muzokaralar chog‘ida savdo-iqtisodiy va investitsion aloqalarni kengaytirish, o‘zaro manfaatli loyihalarni birgalikda amalga oshirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (2-03-2017, 19:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 26) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют