» » Aktrisa Bahora Arslonova otasi haj safarida, 63 yoshida vafot etgani haqida so‘zlab berdi (video)

Aktrisa Bahora Arslonova otasi haj safarida, 63 yoshida vafot etgani haqida so‘zlab berdi (video)


Aktrisa Bahora Arslonova otasi haj safarida, 63 yoshida vafot etganini ma’lum qildi.

Bu haqda aktrisa YouTube’dagi YashinTVga bergan intervyusida gapirib berdi.

Dadam 63 yoshlarida haj safariga borgan edilar, ismlari Qurbon edi, ya’ni Qurbon hayitida tavallud topganlari uchun Qurbon qo‘yishgan ekan. O‘sha yerda aynan, Qurbon hayiti kuni, tug‘ilgan kunlari kuni olamdan o‘tdilar. O‘zi 8-avgust kuni tug‘ilgan kunlari.

Agar otam yonimda bo‘lsalar, rahmat degan bo‘lardim, chunki shunday insonning farzandi bo‘lganimdan faxrlanaman. Menga yaxshi tarbiya berganlar. Hech qachon yolg‘on gapirmaslik, haqiqatni gapirish kerakligi haqida o‘rgatganlar, juda ham ko‘p joylarda otamning tarbiyasi bilan yurganman. Qiz bola uchun otaning o‘rni juda yuqori.

Bahora Arslonova, aktrisa

Ma’lumot uchun, Bahora Arslonova “Zurriyot”, “Isnod”, “Komila”, “Jonim Azobda” kabi filmlar va bir qancha seriallarda bosh rollarni ijro etgan.

Mavzuga doir: Aktrisa Munojat Alimboyeva otasi o‘lmasligi uchun, bolasining o‘limiga ham rozi bo‘lgan og‘ir kunlari haqida gapirib berdi (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2020, 15:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют