» » Qonunlarni o‘zgartirib yuborgan hodisa. Finlandiyadagi Kauxayoki qatliomi tarixi

Qonunlarni o‘zgartirib yuborgan hodisa. Finlandiyadagi Kauxayoki qatliomi tarixi


Bundan roppa-rosa 12 yil oldin Finlandiyada fojiali kun sodir bo‘ldi. Gap shundaki, 2008-yilning 23-sentabrida mahalliy kollej o‘quvchisi tomonidan o‘quv muassasasiga qurolli hujum uyushtirildi. 22 yoshli o‘quvchi tomonidan uyushtirilgan ushbu hujum Finlandiyaning yaqin tarixidagi eng fojiali hodisa hisoblanadi. “Daryo” voqea tafsilotlari haqida hikoya qiladi.

Foto: Google Photos

23-sentabr, taxminan, 10:40 larda Matti Yuxani Saari ismli kollej o‘quvchisi o‘zi ta’lim olayotgan kollejga qurolli hujum boshlaydi. Dastlab, yuzni to‘liq yopuvchi niqob taqqan Saari avtomatik ravishda o‘qlanuvchi “Volter22” nomli pistolet va qo‘lda tayyorlangan yonuvchi “kokteyl” bilan qurollanib, yerto‘la orqali professional-texnik Kauxayoki kollejiga kirib boradi. Ushbu paytda kollejda 200 dan ortiq odam bor edi.

Saari yerto‘lani o‘zidayoq quroldan foydalangan, nishon – qorovul. Qorovulga otilgan uchta o‘qning barchasi xato ketgan. Ushbu “yurish”dan so‘ng bosqinchi imtihonga yo‘l olgan 20 ga yaqin talabalarni o‘qqa tutadi. Yashirinib olishga ulgurgan uchta talabaning aytishicha, Matti Yuxani Saari o‘zini juda agressiv tutar, ammo qilayotgan ishidan mazza qilar edi. Yana bir talaba: “Men uni ko‘rdim va u menga qarata o‘q uza boshladi. O‘qlardan saqlanish uchun zigzag shaklida yugurib qochdim”.

Ikki daqiqa o‘tar-o‘tmas Saari yo‘lakning shimoliy qismiga olovli “kokteyl”ni otdi. Ammo bu urinish muvaffaqiyatsiz bo‘ldi. Qiziqqon talabalar esa buni o‘yin deb o‘ylab, buni ko‘rishga shoshilishdi, paytda foydalanib, Matti ularni o‘qqa tutdi va ulardan ikki nafari qurbonga, yana bittasi esa jarohatlanganga aylandi.  Bu orada Finlandiya politsiyasi hodisa bo‘yicha qo‘ng‘iroq qabul qilib, xavfni bartaraf etish uchun bir nechta mashinalarini yubordi.

Soat 11:00 da Matti yana bir “kokteyli” portlatdi, shundan so‘ng yo‘lakdagi barcha oynalar chilparchin bo‘ldi. Besh daqiqalardan so‘ng politsiya yetib keldi, vaziyatga baho berib, ular qo‘shimcha kuch chaqirishga qaror qildi. Xodimlar binoga bostirib kirmoqchi bo‘ldi, ammo binodan chiqayotgan qora tutun sabab ular to‘xtadi. Bu paytda bino ichida kam sonli talabalar va bosqinchining o‘zigina qolgan edi.

Bu voqealardan bir soat o‘tib, jinoyatchi o‘zining do‘stiga qo‘ng‘iroq qilib, 10 kishining qotili bo‘lganini tan oldi va uzr so‘rashini aytdi. Qo‘ng‘iroqdan so‘ng jinoyatchi o‘zining ham boshiga qarata o‘q uzib, o‘z joniga qasd qildi... Shunday qilib, Matti Yuxani Saari uyushtirgan qurolli hujumning qurbonlari, o‘zini qo‘shib hisoblaganda, 11 taga yetdi. Ularning eng yoshi kattasi 51 da, eng kichigi esa 20 da edi. 51 yoshli qurbon kollej o‘qituvchisi edi, boshqa qurbonlarning aksariyati esa Saarining guruhdoshlari bo‘lgan. Qisqa vaqt ichida jinoyatchi 157 marta o‘q uzishga muvaffaq bo‘ldi, ularning 62 tasi odamlarning tanasidan topildi.

Matti Yuxani Saari – 22 yoshli kulinariya bo‘limi talabasi. Jinoyatga qo‘l urishidan besh kun oldin u o‘zi uchun YouTube kanal ochib, Wumpscut 86 nomi bilan videoroliklar chiqara boshlaydi. U “You will die next” (Keyingi safar sen o‘lasan) so‘zlarini ishlatib, videoda “Valter22” pistoletida mashq o‘tkazayotganini ko‘rsatadi. Eng qizig‘i, ushbu rolik uchun u politsiya mahkamasiga chaqiriladi, chaqiruv qotillikdan bir kun oldin – 22-sentabrda bo‘ladi. Politsiya xodimi uni qamoqqa olishga yoki qurolini tortib olishga qonuniy asos topolmaydi va uni shundayligicha qoldiradi.

23-sentabr tongida Saari yotoqxonada bir nechta qo‘lyozma qoldiradi: “Men odamzotni yomon ko‘raman”, “Yechim – Valter22”. Qotil ushbu jinoyatga besh yil davomida tayyorlandi. Ammo buni uning hech qaysi bir do‘sti payqamaydi, ular Saarini yaxshi so‘zlar bilan eslashadi. Ushbu qabih jinoyatdan 18 oy oldin u qurol, bomba, ommaviy tartibsizliklar va shunga o‘xshash g‘ayriaxloqiy narsalarga birdan qiziqib qolgani ma’lum bo‘ldi. U dunyoni va undagi barchani yomon ko‘rishni boshlagan edi.

2009-yilning martiga kelib, fin politsiyasi jinoyatning aniq motivlarini topa olmasligini ma’lum qildi.

Finlandiyada qurolga oid qonun-qoidalar sust edi. O‘sha paytda Finlandiyada qurolni nazorat qilish bo‘yicha ko‘rsatma 1998-yilda qabul qilingan “Qurol to‘g‘risida”gi qonun edi. Qurolni faqat mahalliy politsiya bo‘limi tomonidan 15 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan shaxslarga, ota-onasining roziligi bilan nishonga olish yoki ov qilish uchun yoki kamida 18 yoshga to‘lgan shaxslarga sog‘lig‘i va o‘zini tutishi qoniqarli deb baholansagina litsenziya berilishi mumkin edi.

Ilgari qurol nazorati tarafdorlari madaniy oppozitsiyaga qarshi chiqqan edi. Finlandiyada ov bilan bog‘liq bo‘lgan qurolli an’analar mavjud. Biroq Kauxayokida sodir etilgan otishma ortidan politsiya va qurollangan shaxs o‘rtasida qurol litsenziyasining muhokamasi Finlandiyaning deyarli barcha ommaviy axborot vositalarida qurol litsenziyasi bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqilishini ta’minladi. Hukumat qurolni yanada qattiqroq nazorat qilish zarurligini tan oldi. Ichki ishlar vazirligi qurolga litsenziya berishni kamaytirish orqali yana bir qirg‘inni oldini olish ehtimoli kam, deb aytib o‘tdi.

Tergov komissiyasi juda qisqa vaqt ichida bir nechta o‘q otishga qodir bo‘lgan qurol-yarog‘ noqonuniy deb topilishini va sevimli mashg‘ulotlari uchun faqat samarali yong‘in darajasi bo‘lgan qurollardan foydalanishni tavsiya qildi. Ammo 2009-yilda hukumat har qanday qurolni ham to‘liq taqiqlamaslikka qaror qildi.

Hukumat joriy qarorga tuzatish kiritib, to‘pponcha va revolver sotib olish va saqlashni cheklab qo‘ydi hamda qurolga litsenziyalarning yoshi bo‘yicha minimal talabni 18 yoshdan 20 yoshgacha oshirdi. Bundan tashqari, Finlandiya fuqarolari qurolga litsenziya olishlari uchun qobiliyat va yaroqlilik sinovlaridan o‘tishlari majburiy etib belgilandi. Qurol-yarog‘ uchun yangi ariza beruvchilardan ular qurol-yarog‘ klubining faol a’zosi bo‘lgani va kamida ikki yil davomida klubda maqsadli mashg‘ulotlar olib borilgani to‘g‘risida politsiya tomonidan tasdiqlangan murabbiy imzolagan sertifikat shaklida dalillarni taqdim etishlari shart edi.

Agar kerak bo‘lsa, politsiyaga arizachining sog‘lig‘i to‘g‘risida ma’lumot beradigan tibbiy ma’lumotnoma so‘rashga ruxsat berildi.Qurolni nazorat qilish to‘g‘risidagi yangi qonun, shuningdek, shifokorlar ariza beruvchining sog‘lig‘i holatiga ko‘ra qurol tutishga yaroqsiz bo‘lsa, politsiyaga xabarnoma yuborish majburiyatini oldi.

Mirjalol Qosimov tayyoradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2020, 15:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 70) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют