» » Aleksandr Lukashenko rasman Belarus prezidenti lavozimida ish boshladi. Uning inauguratsiyasi “yashirincha” o‘tkazilgan

Aleksandr Lukashenko rasman Belarus prezidenti lavozimida ish boshladi. Uning inauguratsiyasi “yashirincha” o‘tkazilgan


Aleksandr Lukashenko rasman Belarus prezidenti lavozimida ish boshladi. Bu haqda “Belta” agentligiga tayanib, Meduza nashri xabar berdi.

Inauguratsiya marosimi Minskdagi Mustaqillik saroyida boshlangan. Unda bir necha yuz kishi ishtirok etmoqda. Ular orasida yuqori martabali amaldorlar, parlament a’zolari, davlat tashkilotlari rahbarlari va OAV, ilm-fan, madaniyat va sport vakillari ham bor.

Lukashenko o‘ng qo‘lini konstitutsiyaga qo‘ygan holda belarus tilida qasamyod keltirgan. Shundan so‘ng, u qasamyod qabul qilingani to‘g‘risidagi aktni imzolagan va Markaziy saylov komissiyasi raisi Lidiya Yermoshinadan Belarus prezidenti guvohnomasini qabul qilib olgan.

Inauguratsiya marosimi respublika telekanallari orqali translyatsiya qilinmayapti (qonun bo‘yicha translyatsiya amalga oshirilishi kerak). Marosim haqida oldindan hech nima deyilmagan, tayyorgaliklar e’lon qilinmagan. Avvalroq Telegram’dagi Nexta kanali Lukashenko norozilik namoyishlari fonida inauguratsiyani yashirincha o‘tkazishi mumkinligi haqida yozgan.

Mavzuga doir: 

Eslatib o‘tamiz, Belarusdagi prezidentlik saylovlari 9-avgust kuni o‘tkazilgan. MSK ma’lumotiga ko‘ra Lukashenko 80,1 foiz ovoz bilan saylovlarda g‘olib deb topilgan. U mamlakatni 26 yildan buyon boshqarib kelmoqda. Saylov kuni Minsk markazida harbiy texnika paydo bo‘lgan.

Belarus militsiyasi saylov uchastkalari oldida to‘plangan odamlarni qo‘lga oldi. Saylov kuni oqshomida mamlakatning barcha yetakchi ommaviy axborot vositalarining saytlari ochilmay qoldi. Poytaxt Minskda prezident saylovidan keyin norozilik namoyishi boshlandi. Shundan buyon mamlakatda norozilik namoyishlari va namoyishchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun chiqishlar davom etmoqda.

Belarus Markaziy saylov komissiyasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, prezidentlik saylovlarida respublikaning amaldagi rahbari Aleksandr Lukashenko 80,08 foiz ovoz to‘plagan. Muxolifat nomzodi Svetlana Tixanovskaya esa rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 10,09 foiz ovoz olgan.

Natijalar e’lon qilingach, Svetlana Tixanovskaya o‘tkazilgan saylovlarda o‘zini g‘olib deya hisoblashini ma’lum qildi va Lukashenkoga muzokaralar o‘tkazish taklifini berdi. Shuningdek, u saylovlarning natijasi yuzasidan Markaziy saylov komissiyasiga norozilik bildirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2020, 16:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют