» » Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi rahbarlari koronavirusga chalindi

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi rahbarlari koronavirusga chalindi


Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov, shuningdek, uning o‘rinbosarlari Botir Parpiyev va Azizbek Ikromovda koronavirus aniqlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmatiga taaynib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hozirda ular O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasining 2-sonli Markaziy klinik kasalxonasida davolanmoqda.

Shuningdek, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari Gulnora Ma’rufova COVID-19’ga chalingani va 7 kundan keyin ishiga qaytgani haqida xabar bergan.

Avgust oyi boshlarida xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov koronavirusga chalinganini ma’lum qilgan edi. Shermatov o‘shanda davlat ishidagi tartibsiz rejim, asabbuzarliklar, kechgacha ishda bo‘lish ham organizmni charchatib, bunday kasalliklarni og‘irroq o‘tishiga sabab bo‘lishini alohida qayd etgandi.

Mavzuga doir: Andijonda to‘rtta hokim pnevmoniyadan davolanmoqda

Hozirga qadar Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, Oliy Majlis Senati raisi o‘rinbosari Musa Yerniyazov 72 yoshda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonliko‘l tumani hokimi Daulet Tolibayev 36 yoshda, O‘zbekiston moliya vaziri o‘rinbosari Yorqin Tursunov 55 yoshda, Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolov 65 yoshda, bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev 56 yoshida koronavirus asoratlari oqibatida vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2020, 16:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 96) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют