» » Ozbekistonda 1 yilda 3,6 mln qadam piyoda yurgan shaxslarga barcha davlat xizmatlarini korsatishda 50 foiz imtiyoz beriladi

Ozbekistonda 1 yilda 3,6 mln qadam piyoda yurgan shaxslarga barcha davlat xizmatlarini korsatishda 50 foiz imtiyoz beriladi


Prezident Shavkat Mirziyoyevning Ommaviy sportni rivojlantirish va soglom turmush tarzini har bir fuqaroning hayotiga kiritishga qaratilgan chora-tadbirlar togrisidagi qarori loyihasi elon qilindi. Qarorga kora, Ozbekistonda Yangi nafas platformasi yaratiladi.

Qaror loyihasida keltirilishicha, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Adliya vazirligi, Sogliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-fevralga qadar Yangi nafas platformasini yaratish va uning ishlash tartibini tasdiqlashi kerak.

Platformaga kora, bir kunda kamida 10 ming, bir oy davomida 300 ming, bir yil davomida 3,6 million qadam yurgan shaxslarga barcha davlat xizmatlari korsatish sohasida 50 foiz imtiyoz beriladi hamda sport inshootlaridan foydalanish uchun abonement taqdim etiladi.

Shuningdek, Adliya vazirligi Yangi nafas platformasini davlat xizmatlari korsatish tizimi bilan integratsiya qilinishinini taminlashga masul qilib belgilangan.

Qaror matni muhokama uchun hukumat portaliga joylashtirilgan. Toliq matn bu yerda ? oqish.

Yanada koproq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bolishni istasangiz, Daryoning Telegramdagi rasmiy sport kanali @Daryo_Sport24ga obuna boling!



Manba: Daryo.uz
: admin (23-09-2020, 17:10)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 1) ( 0) ( 1) ( 0)
:
-
:
:
-
20 ... -