» » Ozbekistonda jismoniy tarbiya va sport sohasida tadbirkorlikni yanada rivojlantirish boyicha hukumat qarori qabul qilindi

Ozbekistonda jismoniy tarbiya va sport sohasida tadbirkorlikni yanada rivojlantirish boyicha hukumat qarori qabul qilindi


Ozbekistonda jismoniy tarbiya va sport sohasida tadbirkorlikni hamda xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari togrisidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining TelegramdagiHuquqiy axborot kanalixabar bermoqda.

Qarorga kora, jismoniy tarbiya va sport vazirligining jismoniy tarbiya-soglomlashtirish va sport inshootlari, jumladan bosh turgan va faoliyat korsatmayotgan inshootlari, shuningdek, suzish havzalari bazasida jismoniy tarbiya va sport hamda soglomlashtirish xizmatlarini davlat-xususiy sheriklik asosida korsatish tartibi joriy etiladi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga:

Pulli sport togaraklari, seksiyalari va boshqa sport-soglomlashtirish tadbirlarini tashkil etish orqali Sport inshootlaridan samarali va oqilona foydalanish chora-tadbirlari rejasini bir oy muddatda ishlab chiqish va tasdiqlash;

Davlat-xususiy sheriklik asosida taqdim etiladigan sport inshootlari togrisida manfaatdor jismoniy hamda yuridik shaxslarning keng xabardor qilinishini taminlash;

Ikki oy muddatda:

Sport inshootlaridan foydalanganlik uchun ijara tolovlari stavkalarini hisob-kitob qilish metodikasi togrisida, jumladan, birinchi navbatda, davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan subyektlarga muayyan imtiyozlar berish nazarda tutilgan nizom;

16 yoshgacha bolgan bolalar, nogironlar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa toifalariga imtiyozli shartlar asosida yoki bepul xizmatlar korsatish nazarda tutilgan sport inshootlarida aholiga soglomlashtirish xizmatlari korsatish tartibi togrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash vazifasi yuklandi.

Xususiylashtirilgan korxonalarga komaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qomitasiga soglomlashtirish xizmatlarini korsatish faoliyati bilan shugullanadigan yuridik shaxslarga foydalanilmayotgan binolar, obyektlar hamda inshootlarning davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida, belgilangan tartibda sotilishini taminlash topshirildi.

Barpo etiladigan va rekonstruksiya qilinadigan nodavlat sport hamda sport-soglomlashtirish inshootlari barcha zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi (elektr energiyasi, gaz, suv taminoti, kanalizatsiya, avtomobil yollari va boshqalar) bilan taminlanadi.



Manba: Daryo.uz
: admin (31-03-2018, 15:28)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
:
-
:
20 ... -