» » Toshkentdagi yangi erkin iqtisodiy zonaga Adidas, Reebok va Nike jalb etiladi

Toshkentdagi yangi erkin iqtisodiy zonaga Adidas, Reebok va Nike jalb etiladi


Toshkentda joriy yil 30-iyuniga qadar “Cport” erkin iqtisodiy zonasi tuziladi. Bu Prezidentning “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga ilovada ko‘zda tutilgan, deya xabar beradi Spot.

Hujjatda EIZ hududida dunyoning yetakchi ishlab chiqaruvchilari — Adidas, Reebok, Nike, Li-Ning, Eleiko, Janssen Fritsen, Gymnova va boshqalarni jalb etgan holda sport kiyimlari, anjomlari va jihozlari tayyorlanishi ko‘rsatib o‘tilgan.

Yangi korxonalar budjet va investorlar mablag‘i hisobidan ishga tushiriladi. Bunga ma’sul etib Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Loyihalarni boshqarish milliy agentligi, TIV, Tashqi savdo hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirliklari belgilangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-03-2018, 08:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 111) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют