» » Bolalikning sevimli ertagi — “Zolushka uchun uch yong‘oq” filmi aktyorlari 47 yildan so‘ng (foto)

Bolalikning sevimli ertagi — “Zolushka uchun uch yong‘oq” filmi aktyorlari 47 yildan so‘ng (foto)


Suratga olinganiga salkam yarim asr bo‘lishiga qaramay, “Zolushka uchun uch yong‘oq” hanuzgacha miriqib tomosha qilinadigan filmlar sirasiga kiradi. Aktyor va aktrisalarning ijrosi, xarakterlar o‘rtasidagi to‘qnashuv hamda mavzu jihatidan eskirmasligi tomoshabinlarni o‘ziga tortaveradi.

Uzoq vaqt davomida kutilgan – “Zolushka uchun uch yong‘oq” filmining premyerasi 1973-yil kuz faslida bo‘lib o‘tdi. Film namoyish etilishi bilanoq shon-shuhratga erishdi, qahramonlar minglab muxlislarga ega bo‘ldi. Xo‘sh, 47 yil avval mashhurlikka erishgan aktyorlarning taqdiri qanday kechdi?

Zolushka – Libushe Shafrankova

“Zolushka uchun uch yong‘oq” filmi Libusheni butun dunyoga tanitdi. Unga yillar davomida bir qancha film va seriallardan takliflar tushgan. U Chexiya televideniyasining haqiqiy yuziga aylangandi, ammo aktrisa juda sokin hayot tarzini olib bordi va matbuot bilan kamdan kam hollardagina muloqot qildi.

Aktrisa 1976-yil Chexiyaning mashhur aktyori Yosef Abrgamga turmushga chiqdi va hanuzgacha baxtli oila bo‘lib yashamoqda.

Shahzoda – Pavel Travnichek

Film taqdimotidan so‘ng muxlislar orasida Shahzoda va Zolushka o‘rtasida hayotda ham ishqiy munosabatlar paydo bo‘lgani haqida mish-mishlar quloqqa chalindi. Afsuski, yulduzlarning bu munosabati uzoqqa bormadi. Shafrankova boshqasiga turmushga chiqdi, Pavel esa uch marotaba oila qurdi, uning uchinchi turmush o‘rtog‘i o‘zidan 34 yosh kichik bo‘lib, hozirda ikki o‘g‘ilni tarbiya qilmoqda.

Film suratga olish ishlari yakunlangandan keyin Pavel teatr sahnalarida ham rol ijro eta boshladi. Shuningdek, o‘zining aktyorlik agentligini ochib, televizion dasturlarni tashkil etishni yo‘lga qo‘ygan.

O‘gay ona – Karola Braunbok

Aktrisa film namoyishidan bir necha yil o‘tib, 1978-yil 54 yoshida vafot etdi. Uning o‘limi sababi haqida hech narsa ma’lum emas.

O‘gay onaning qizi Dora – Daniyela Glavachova

“Zolushka uchun uch yong‘oq” filmi premyerasidan so‘ng Glavachovaga bir necha yil davomida talab ortdi. Ammo u 2008-yilda kino san’atidan ketishga qaror qildi. Hozirda u Chexiyaning Praga shahridagi rassomchilik maktablaridan birini boshqaradi.

Malika Drobena – Xelena Rujichkova

Aktrisa uzoq davom etgan saraton kasalligi tufayli 67 yoshida olamdan o‘tdi.

Qirol – Rol Xoppe

Aktyor Xoppe ijodi davomida bir necha film va seriallarda rol ijro etdi. Shuningdek, teatr tomoshalari va radio eshittirishlarning ovozlashtirish jarayonida ham faol ishtirok etib kelmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2020, 17:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют