» » O‘zbekistonda “Muhammad: Afg‘onda unutilgan” deb nomlangan 8 mlrd so‘mlik film suratga olinadi

O‘zbekistonda “Muhammad: Afg‘onda unutilgan” deb nomlangan 8 mlrd so‘mlik film suratga olinadi


Aktyor va rejissor Muhammad Ali Iskandarov qiymati 8 milliard so‘mni tashkil qiladigan “Muhammad: Afg‘onda unutilgan” deb nomlangan filmni suratga oladi. Bu haqda Muhammad Ali Iskandarov jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi.

Juda ham katta masshtabli loyihani boshlash arafasida turibmiz. Mazkur film dunyoviy standartlarda suratga olinishi mo‘ljallanayotgan bo‘lib, dunyo bozorlariga olib chiqish maqsad qilingan. Film budjeti ham juda katta, taxminiy budjeti 8 milliard so‘mni tashkil qiladi. Balki 8 milliard so‘mdan ham yuqori qiymatda bo‘lar yoki uncha mablag‘ sarflanmasligi ham mumkin. Chunki hali to‘la hisob-kitob qilinmagan ayrim jihatlari ham bor. Film yurtimizning ko‘plab viloyatlarida suratga olinishi rejalashtirilgan. Film uchun Afg‘oniston qishlog‘iga o‘xshatib katta qishloq quriladi. “Muhammad: Afg‘onda unutilgan” filmining g‘oyasi o‘zimga tegishli bo‘lib, film ssenariysini Ikrom Shodiyev, Feruz Sa’diyevich, Jasur Isoqovlar bilan birgalikda yozdik. Suratga olish ishlari 2018-yilning fevral oyidan boshlanadi.

Muhammad Ali Iskandarov, aktyor va rejissor

Bunga qadar “O‘zbekkino” milliy agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan “Baron” filmi uchun 1,5 milliard so‘m, “Oyqiz ertagi” filmiga esa 1,6 milliard so‘m sarflangan edi. “Muhammad: Afg‘onda unutilgan” filmi esa xususiy kino studiya tomonidan suratga olinishi rejalashtirilgan bo‘lib, filmga ajratilgan mablag‘ “Oyqiz ertagi” filmining xarajatlaridan besh barobar ortiqdir.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (2-09-2017, 18:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют