» » Peshku va G‘ijduvon tumanlarida shamol elektr stansiyalarining 10 meteorologik ustuni o‘rnatildi

Peshku va G‘ijduvon tumanlarida shamol elektr stansiyalarining 10 meteorologik ustuni o‘rnatildi


Saudiya Arabistonining ACWA Power kompaniyasi tomonidan Buxoro viloyatining Peshku va G‘ijduvon tumanlarida umumiy quvvati 1000 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyalari (ShES) quriladi, deya xabar bermoqda Energetika vazirligi.

Ma’lum qilinishicha, shu kunga qadar Peshku va G‘ijduvon tumanlarida shamol salohiyatini o‘rganish uchun rejalashtirilgan 18 ta meteorologik ustundan 10 tasi o‘rnatildi. Kelajakda yana 1000 MVt quvvatli shamol elektr stansiyalari qurilishi rejalashtirilgan.

Shamol salohiyatini o‘rganish ishlari 2020-yilning avgust oyida boshlangan bo‘lib, bu ishlar 12 oy davomida olib boriladi.

Shamolning tezligi, yo‘nalishi va davomiyligi, shuningdek, hududlardagi ob-havo sharoitlarining o‘zgarishi kabi ma’lumotlarni o‘lchash uchun 100 metr balandlikda maxsus datchiklar o‘rnatiladi.

Qayta tiklanuvchi energiya manbasi asosida elektr stansiyalarni qurish loyihasining umumiy qiymati 1 milliard AQSh dollariga teng va bu to‘lig‘icha xorijiy investitsiyalar hisobiga amalga oshiriladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2020, 18:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют