» » Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining onlayn formatda otayotgan 75-sessiyasida nutq sozladi (video)

Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining onlayn formatda otayotgan 75-sessiyasida nutq sozladi (video)


Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining onlayn formatda otayotgan 75-sessiyasida nutq sozladi. Prezident matbuot xizmati Shavkat Mirziyoyev nutqining toliq matnini taqdim etdi.

Muhtaram Rais Volkan Bozkir janoblari!

Muhtaram Bosh kotib Antoniu Guterrish janoblari!

Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!

Xonimlar va janoblar!

Bosh Assambleyaning yetmish beshinchi sessiyasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti tarixida birinchi marta butunlay yangi formatda koronavirus pandemiyasi tufayli onlayn muloqot rejimida bolib otmoqda.

Bunday global falokat sayyoramizda songgi yuz yilda kuzatilmagan edi. Bu ofat butun insoniyatning zaif jihatlarini yaqqol korsatdi. Hozirgi tahlikali va murakkab vaziyat yer yuzidagi barcha davlatlar va xalqlar ozaro bogliq ekanini, ortamizda muntazam muloqot, ishonch va yaqin hamkorlik ota muhimligini isbotladi.

Shu yolda barchamiz hukumatlar, parlamentlar va fuqarolik jamiyatlarining ozaro say-harakatlarini birlashtirish, umumiy masuliyat tamoyillarini mustahkamlash, xalqaro sheriklikni muvofiq holda rivojlantirish, Jahon sogliqni saqlash tashkilotining maqomi va salohiyatini oshirish, vakolatlarini kengaytirish lozimligini chuqur angladik.

Maqsadimiz har bir insonning asosiy huquq va erkinliklarini, salomatligi va farovonligini taminlaydigan adolatli global tizimni birgalikda yaratishdir.

Bu borada biz Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligidaPandemiyalar davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari togrisidagi xalqaro kodeksniishlab chiqishni taklif etamiz. Ushbu hujjatda har bir davlatning oz fuqarolari va xalqaro hamkorlari oldidagi majburiyatlari aks etishi lozim.

Hurmatli xonimlar va janoblar!

Biz Ozbekistonda KOVID-19 qayd etilgan dastlabki kunlardan boshlab barcha say-harakat va resurslarimizni bu xavfli kasallikni jilovlash va eng asosiysi odamlar hayotini saqlab qolishga qaratdik.

Pandemiyaning salbiy oqibatlarini yumshatish uchun ijtimoiy himoya va sogliqni saqlash tizimlari keskin kuchaytirilmoqda, aholiga, iqtisodiyot tarmoqlari va biznesga manzilli komak korsatilmoqda. Shu maqsadda maxsus jamgarmalar tuzildi.

Fursatdan foydalanib, sinovli damlarda bizga begaraz yordam korsatgan barcha dost va hamkorlarimizga chuqur minnatdorlik izhor etaman.

Biz xalqaro hamjamiyatning pandemiyaga qarshi samarali kurashish boyicha barcha harakatlarini, jumladan, zarur dori-darmon hamda vaksinalar ishlab chiqish va ulardan keng foydalanishga qaratilgan tashabbuslarini qollab-quvvatlaymiz.

Shuningdek, Bosh kotib Antoniu Guterrish janoblarining bugungi inqirozli vaziyatda oziq-ovqat xavfsizligini taminlashning dolzarb muammolariga bagishlangan sammitni otkazish boyicha taklifini maqullaymiz.

Hurmatli Bosh Assambleya sessiyasi ishtirokchilari!

Bundan uch yil muqaddam men Birlashgan Millatlar Tashkilotining oliy minbaridan Ozbekistonning tub islohotlarni amalga oshirish boyicha qarori qatiy ekanini aytgan edim.

Jamiyatni siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy modernizatsiya qilish boyicha keng kolamli chora-tadbirlarimiz natijasida yangi Ozbekiston shakllanmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizdagi demokratik ozgarishlar ortga qaytmaydigan tus oldi.

Otgan yili Parlamentga otkazilgan saylovlar aholi va partiyalarning siyosiy faolligi, fuqarolik jamiyati institutlarining roli, ommaviy axborot vositalarining tasiri oshganini namoyish etdi.

Biz uchun gender tenglik siyosati ustuvor masalaga aylandi. Xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi orni tobora kuchaymoqda. Yangi Parlamentimizda ayol deputatlar soni ikki barobarga kopaydi.

Inson huquqlari sohasidagi holat ham butunlay ozgardi. Majburiy va bolalar mehnati toliq tugatildi. Inson huquqlari boyicha Milliy strategiya qabul qilindi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining fuqaroligi bolmagan insonlar sonini kamaytirishga qaratilgan chaqirigiga javoban shu yilning ozida 50 ming yurtdoshimizga Ozbekiston fuqaroligi berildi.

Mamlakatimizda diniy erkinlik borasida ham vaziyat keskin yaxshilandi. Millatlararo totuvlik va dinlararo bagrikenglikni yanada mustahkamlash biz uchun doimiy muhim vazifadir.

Sudlarning chinakam mustaqilligi va qonun ustuvorligini taminlashga yonaltirilgan keng qamrovli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda.

Korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash yangi bosqichga kotarildi. Bu borada muhim qonun hujjatlari qabul qilinib, mustaqil tuzilma Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi.

Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlar jadal davom ettirilmoqda. Biz birinchi marta kambagallikni kamaytirish haqidagi qatiy qarorimizni ochiq elon qildik.Bunga tadbirkorlikni rivojlantirish va qoshimcha ish orinlari yaratish, investitsiya va biznes muhitini yaxshilash hamda zamonaviy infratuzilmani barpo etish, odamlarni yangi kasb-hunarlarga orgatish va aholiga manzilli ijtimoiy yordam korsatish orqali erishmoqdamiz.

Mamlakatimiz aholisining yarmidan kopini yoshlar tashkil etadi. Respublikamizda har bir yigit-qizning jamiyatda munosib orin egallashi va oz salohiyatini namoyon etishi uchun ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Ozbekistonda Yoshlar parlamentlari, Yoshlar ishlari agentligi faoliyat korsatmoqda.

Avgust oyida Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida yoshlar huquqlariga bagishlangan Samarqand xalqaro forumi muvaffaqiyatli otkazildi.

Fursatdan foydalanib, yana bir borYoshlar huquqlari togrisidagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti konvensiyasiniqabul qilish boyicha Ozbekiston tashabbusini qollab-quvvatlashga chaqiraman.

Bundan tashqari,Barqaror taraqqiyot maqsadlariga erishish va inson huquqlarini taminlashda parlamentlar rolini oshirish togrisidagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining maxsus rezolyutsiyasiniqabul qilishni taklif etamiz.

Hurmatli dostlar!

Hozirgi vaqtda Markaziy Osiyo mintaqasida tub ozgarishlar yuz bermoqda. Biz mintaqa davlatlari ortasida yaxshi qoshnichilik va ozaro ishonch, dostlik va hurmat muhitini yaratishga erishdik.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida ilgari surilgan tashabbusga asosan muntazam otkazilayotgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvlari umumiy yutugimiz boldi.

Oxirgi tort yilda Ozbekistonning qoshni davlatlar bilan ozaro savdo hajmi salkam besh barobarga osdi.

Mamlakatlarimiz ushbu sinovli kunlarda bir-birini yolgiz qoldirmasdan, ozaro yelkadosh boldilar.

Bugun Markaziy Osiyo davlatlari oldida muhim strategik vazifa turibdi. U ham bolsa, mintaqamizning global iqtisodiy, transport va tranzit yolaklariga chuqur integratsiyasini taminlashdir.

Shu munosabat bilan Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligidaTransport-kommunikatsiya aloqalarini rivojlantirish mintaqaviy markaziniochishnitaklif etamiz.

Bugungi kunda Markaziy Osiyoda xavfsizlikni taminlash sohasida ham samarali hamkorlik olib borilmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Global antiterror strategiyasi muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

Biz ushbu strategiya doirasidagiMintaqaviy qoshma rejaning 10 yillik natijalari va kelgusi istiqbollariga bagishlangan xalqaro konferensiyani otkazishtarafdorimiz.

Malumki, mintaqamizning kohna va boy madaniy merosi global ahamiyatga ega. Biz 2021-yilda YUNESKO bilan hamkorlikda qadimiy Xiva shahridaMarkaziy Osiyo jahon sivilizatsiyalari chorrahasida degan mavzuda xalqaro forumniotkazishga tayyormiz.

Hurmatli sessiya ishtirokchilari!

Biz Afgonistonni Markaziy Osiyoning ajralmas qismi sifatida qabul qilamiz. 2018-yil mart oyida otkazilgan Afgoniston boyicha oliy darajadagi Toshkent konferensiyasi afgon muammosini yechish uchun xalqaro hamjamiyat say-harakatlarini safarbar etishda yangi bosqich boldi.

Biz joriy yilning sentyabr oyida Doha shahrida afgon siyosiy kuchlari ortasida boshlangan tinchlik muzokaralarini tola qollab-quvvatlaymiz. Bu muzokaralar jafokash afgon zaminida tinchlik va barqarorlik ornatishiga umid qilamiz.

Mintaqada iqtisodiy integratsiya jarayonlariga Afgonistonni keng jalb etish maqsadida Surxon Puli Xumri elektr uzatish tarmogini, Mozori Sharifdan Hind okeani portlariga chiqadigan temir yol qurilishi kabi yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga kirishdik.

Fikrimizcha, Afgonistonda tinchlik va barqarorlik ornatish masalalari Birlashgan Millatlar Tashkilotining doimiy etibor markazida bolib qolishi zarur.

Faqat birgalikda va yaqin hamkorlik orqali biz afgon xalqining ezgu orzu-umidlarini royobga chiqarishimiz mumkin. Bu borada Beqaror va vayronkor vaziyatdan tinchlik va bunyodkorlik sari degan tamoyil asosida ish olib borish muhimdir. Shu boisdanBirlashgan Millatlar Tashkiloti huzurida afgon xalqining dard-u tashvishini tinglaydigan, doimiy faoliyat korsatadigan qomita tashkil etish lozim.Ushbu qomitaning asosiy vazifasi Afgonistonning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga komak berishdan iborat bolishi zarur.

Hurmatli davlat va hukumat rahbarlari!

Davrimizning otkir muammolaridan yana biri global iqlim ozgarishlaridir. Bugungi kunda har bir mamlakat bu jarayonning salbiy tasirini his etmoqda. Ming afsuski, bunday ozgarishlar Markaziy Osiyo taraqqiyotiga ham katta xavf tugdirmoqda.

Etiboringizni yana bir bor Orol dengizi qurishining halokatli oqibatlariga qaratmoqchiman. Orolboyi hududi ekologik fojianing markaziga aylandi. Biz mavjud ahvolni yaxshilash uchun bu yerda ikki million gektar yangi osimlik maydonlari va daraxtzorlar yaratish, tuproq qatlamini shakllantirish boyicha ulkan ishlarni amalga oshirmoqdamiz.

Mamlakatimiz tashabbusi bilan Orolboyi mintaqasi uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson xavfsizligi boyicha kop tomonlama sheriklik trast fondi tuzildi. Umid qilamizki, ushbu fond ogir ekologik hududda yashayotgan aholiga amaliy yordam korsatish uchun xalqaro hamjamiyatning tayanch platformasi bolib xizmat qiladi.

Biz Orolboyi mintaqasini ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududi, deb elon qilish haqida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining maxsus rezolyutsiyasini qabul qilishni taklif etamiz. Ushbu muhim hujjat tasdiqlangan sanani esa Xalqaro ekologik tizimlarni himoya qilish va tiklash kuni sifatida nishonlash maqsadga muvofiq bolardi.

Hurmatli xonimlar va janoblar!

Sozimning yakunida yana bir fikrni takidlashni istardim. Jahonning turli nuqtalarida notinchlik saqlanib qolayotgani, ziddiyat va zoravonliklar ortib borayotgani, ekologik ofatlar va boshqa zamonaviy xatarlar qashshoqlik va kambagallikning global muammolarini kuchaytirmoqda.

Bu muammolar ayniqsa pandemiya sharoitida keskin tus olmoqda. Tobora tashvishli ohang kasb etayotgan qashshoqlikning ovozi butun dunyo hamjamiyatini, barchamizni bezovta qilishi zarur.

Shu munosabat bilanqashshoqlikni tugatish va kambagallikka qarshi kurashishni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi navbatdagi sessiyasining asosiy mavzularidan biri sifatida belgilash hamda ushbu masalalarga bagishlangan global sammitni otkazishnitaklif etamiz.

Qadrli dostlar!

Barchamizga ravshanki, pandemiyadan keyingi dunyoning ijtimoiy-iqtisodiy manzarasi butunlay boshqacha tus oladi.

Biz xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yolidagi umumiy xatarlarga qarshi yangicha yondashuvlar asosida va yaqin hamkorlikda ishlashimiz zarur.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining muvofiqlashtiruvchi xalqaro tuzilma sifatidagi markaziy ornini yana-da kuchaytirish lozim.

Ozbekiston jahonning barcha mamlakatlari bilan keng kolamli va ozaro manfaatli sheriklikni, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning institutlari bilan amaliy muloqotni rivojlantirish uchun doimo tayyor.

Etiboringiz uchun rahmat.

Shavkat Mirziyoyev, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
: admin (23-09-2020, 19:55)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
:
-
:
20 ... -