» » OChLning amaldagi chempioni “Al-Hilol” musobaqadan chetlatildi. “Paxtakor” va Aziz G‘aniyev jamoasi pley-offga yo‘l oldi

OChLning amaldagi chempioni “Al-Hilol” musobaqadan chetlatildi. “Paxtakor” va Aziz G‘aniyev jamoasi pley-offga yo‘l oldi


Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasining Chempionlar Ligasi 6-turi doirasida “Shabob al-Ahli”ga qarshi o‘yini bekor qilindi. Bu haqda OFK rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Bir qator futbolchilarida koronavirus aniqlangan “Al-Hilol” so‘nggi turga 11 nafar o‘yinga layoqatli futbolchi bilan yetib keldi. Reglament bo‘yicha qaydnomada kamida 13 futbolchi bo‘lishi (shulardan kamida bir nafari darvozabon) kerakligi belgilangandi.

Saudiyaliklar klubi uchrashuvni 9 o‘yinchi bo‘lib boshlashini va ikki nafar darvozabon zaxira o‘rindig‘idan joy olishini ma’lum qildi. Biroq uchrashuv komissari o‘yinni bekor qilgan.

Ma’lumot uchun, OFK ishlab chiqqan reglamentga ko‘ra, jamoalardan biri koronavirus sabab o‘yinda ishtirok eta olmasa, o‘sha jamoa musobaqadan chetlatiladi va uning barcha natijalari bekor qilinadi.

Shu tariqa “Al-Hilol”ning guruh bosqichidagi barcha natijalari bekor qilindi. “Paxtakor” guruhda birinchi o‘rinni egallab, keyingi bosqichga yo‘l oldi. Ikkinchi o‘rin “Shabob al-Ahli”ga nasib etdi.

Eslatib o‘tamiz, “Al-Hilol” pley-off masalasini hal qilib qo‘ygandi.

Shota Arveladze shogirdlari 1/8 final bosqichda Eronning “Istiqlol” jamoasiga qarshi o‘ynaydi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2020, 23:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 58) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют