» » Koronavirus qurshovida qolgan “Al-Hilol” OChL 6-tur o‘yinini 9 futbolchi bilan boshlaydi. Zaxirada esa faqat 2 darvozabon qoldi

Koronavirus qurshovida qolgan “Al-Hilol” OChL 6-tur o‘yinini 9 futbolchi bilan boshlaydi. Zaxirada esa faqat 2 darvozabon qoldi


Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasi Osiyo Chempionlar Ligasi 6-turidan oldin qiyin holatda qoldi.

Jamoa guruh bosqichining so‘nggi turidan o‘rin olgan “Shabob al-Ahli”ga qarshi o‘yin uchun 11 nafar o‘yinga layoqatli futbolchi bilan yetib keldi. Ularning uch nafari darvozabon hisoblanadi. Shu tariqa “Al-Hilol” 6-tur doirasidagi bahsni 9 nafar futbolchi bilan boshlaydi. Ikki darvozabon esa zaxirada qoladi.

“Al-Hilol” Qatarda markazlashgan tizimda o‘tayotgan musobaqaning avvalidanoq muammolarga duch kelgandi. Avvaliga jamoaning 3-4 nafar o‘yinchisi koronavirus sabab bahslarda ishtirok eta olmadi. Kun sayin jamoadagi kasallanganlar soni ortib bordi.

“Al-Hilol” “Paxtakor”ga qarshi 4-tur o‘yinida (0:0) o‘nga yaqin futbolchisi xizmatidan foydalana olmadi. O‘sha bahsda saudiyaliklar zaxira o‘rindig‘ida bor-yo‘g‘i besh nafar o‘yinchi bor edi.

Ma’lumot uchun, OFK ishlab chiqqan reglamentga ko‘ra, jamoalardan biri koronavirus sabab o‘yinda ishtirok eta olmasa, o‘sha jamoa musobaqadan chetlatiladi. Shu sabab, “Al-Hilol” pley-off masalasini hal qilib qo‘ygan bo‘lsa-da, so‘nggi tur o‘yinida maydonga tushishga majbur.

Uchrashuv 23-sentabr kuni 23:00 da boshlanadi.

Ayni damda “Paxtakor” B guruhida 8 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. Birinchi pog‘onani esa 11 ochkoga ega “Al-Hilol” egallab turibdi. “Al-Ahli” esa 7 ochkoga ega. “Shahr Xodro” bo‘lsa, atigi 1 ochko to‘plagan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2020, 22:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 90) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют