» » Barak Obama amerikaliklarning prezidentlik saylovi bo‘yicha rejalarini bilish uchun o‘zining telefon raqamini e’lon qildi

Barak Obama amerikaliklarning prezidentlik saylovi bo‘yicha rejalarini bilish uchun o‘zining telefon raqamini e’lon qildi


AQShning sobiq prezidenti Barak Obama Twitter’da o‘zining telefon raqamini e’lon qildi va amerikaliklardan kelgusi prezidentlik saylovi bo‘yicha rejalari haqida unga SMS xabarlar jo‘natishni so‘radi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

“Qandaydir yangilikni sinab ko‘ramiz. Agar siz Qo‘shma Shtatlarda bo‘lsangiz, menga 773-365-9687 raqamiga matnli xabar jo‘nating”, — deyiladi sobiq prezidentning postida.

Siyosatchi amerikaliklardan unga o‘z ishlari, nima haqida o‘ylayotgani, saylovda qanday ovoz berishni rejalashtirayotgani haqida hikoya qilishni so‘ragan.

Obama vaqti-vaqti bilan “aloqada bo‘lishini” qayd etgan va kelgusi saylov haqidagi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashishni va’da qilgan.

AQShda prezidentlik saylovi 2020-yilning 3-noyabriga rejalashtirilgan. Bir qator shtatlarda muddatidan oldin ovoz berish boshlangan. Amaldagi davlat rahbari Donald Tramp ikkinchi muddat uchun demokratlardan nomzod bo‘lgan Jo Bayden bilan kurash olib boradi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-09-2020, 11:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют