» » Mashhurlar tufayli ommalashgan hamda hozirga qadar ahamiyatini yo‘qotmagan 15 ta aksessuar (foto)

Mashhurlar tufayli ommalashgan hamda hozirga qadar ahamiyatini yo‘qotmagan 15 ta aksessuar (foto)


Aksessuarlarning hammasi ham urfda bo‘lavermaydi. Lekin mashhur insonlarniki bundan mustasno. Quyidagi aksessuarlar ham taniqli egalari bilan birgalikda mashhur bo‘lib, insonlarning alohida e’tiboriga tushgan.

Odri Xepbernning qora baletkasi

O‘zining klassik uslubi bilan tanilgan aktrisaning baletka oyoq kiyimi asosiy aksessuar hisoblanadi. Odri professional raqqosa bo‘lib, bu kabi yassi oyoq kiyimlarni filmda ham, hayotda ham ko‘p bora namoyish etdi.

Merilin Monroning mo‘ynali ro‘moli

O‘tgan asrning 50-yillarida Gollivudning yorqin kino aktrisasi o‘zining betakror qiyofasiga yanada go‘zallik ulashgan ipak libos va mo‘ynali ro‘mol bilan tashrif buyurdi.

Koko Shanelning marjoni

Fransuz modelining sevimli bezagi oq marvaridlar bo‘lgan. Ayollarga chindan ham o‘zgacha joziba beruvchi marvarid taqinchog‘i hamisha trendda ekanligi bilan ajralib turadi.

Jeki Kennedining shlyapasi va ko‘zoynagi

Zamonaviy xonimlardan biri Jeki Kennedi har bir libosini maxsus shlyapa bilan boyitgan. Shuningdek, kundalik qiyofasi uchun oversayz ko‘zoynaklardan foydalangan. Uning sevimli aksessuarlari alohida maqomga ega.

Brijit Bardoning lentasi

Yana sochga lentalar taqish urfga qaytmoqda. Ammo uning butun dunyoda ommalashishiga sabab Brijit Bardoning qiyofasi va soch turmagiga mos tushgan lentasidir.

Malika Diananing tillaqoshi va marjonlari

Marvaridli tillaqosh va marvaridli marjonni olmos bilan to‘ldirgan taqinchoq malika Diananing sevimli aksessuari edi. Hozirda ushbu afsonaviy tillaqoshni Keyt Middltonda ko‘rish mumkin, u zargarlik buyumlarini maxsus kunlardagina taqib yuradi.

Jeyn Birkinning somonli savati

Mashhur model Hermes Birkin sharafiga nomlangan aktrisa Jeyn Birkinning somondan to‘qilgan noodatiy savati charm sumkalar taqdim etilmasidan avval ommalashgan. O‘tgan asrning 60-70 yillardagi Jeynning suratlarida uning savatini ham ko‘rish mumkin.

Juliya Robertsning uzun etigi

“Oskar” mukofoti sovrindori Juliya Robertsning uzun etigi dunyo bo‘ylab mashhurlikka erishgan.

Elizabet Teylorning zargarlik buyumlari

Gollivud aktrisasi qimmatbaho taqinchoqlarni sevishi bilan mashhur edi. Uning kolleksiyasidagi eng mashhuri Richard Berton tomonidan aktrisaga sovg‘a qilingan olmos va zumraddan iborat “Bulgari” to‘plamidir.

Maykl Jeksonning oq qo‘lqopi

Pop qiroli ilk bora 1983-yil bir dona oq qo‘lqop bilan sahnaga chiqdi. Keyinchalik bu mashhur qo‘shiqchining o‘ziga xos uslubi bilan bog‘liq ramzga aylandi.

Karl Lagerfeldning qo‘lqoplari

Karl – haqiqiy uslub egasi. U klassik libos bilan birgalikda ko‘pincha qimmatbaho tosh yoki tikanli qo‘lqop kiyganini ko‘rish mumkin.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-09-2020, 21:38)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют