» » Hech qachon urfdan qolmaydi: Kuzda garderobdan joy olishi kerak bo‘lgan liboslar (foto)

Hech qachon urfdan qolmaydi: Kuzda garderobdan joy olishi kerak bo‘lgan liboslar (foto)


Aksariyat ayollar xarid chog‘ida ko‘proq sifat, rang, baho hamda ayni damda urfdami yoki yo‘qligiga ahamiyat qaratadi. Afsuski, bu biroz yanglish tanlov. Masalan, xarid qilingan libos ma’lum sabablarga ko‘ra kuz faslida kiyilmadi, keyingi mavsumda esa libos urfdan qolganligi sababidan yana garderobning bir chetida turaveradi. Shuning uchun ham xarid chog‘ida hech qachon urfdan qolmaydigan kiyim tanlashga harakat qilish kerak.

Palto

Palto – an’anaviy kuzgi issiq kiyim. U turli uslubda kiyinuvchilar uchun birdek kerak. Paltolarning oq, kulrang yoki qaymoq rangdagisi hamisha urfda. Bunday paltolarni faqatgina bir mavsumda kiyiladi, deb o‘ylash noto‘g‘ri. Agar yanada uzoqroq muddat kiyishni xohlaydiganlar bo‘lsa, paltolarni uzunroq va ikki o‘lchamda kattarog‘ini xarid qilish kerak. Chunki odatiy va sport kiyimlari bilan ham mos tushib ketaveradi.

Trench ? Plash

Plashlar odatda matosi va tugmalardan boshqa bezak berilmasligi bilan ajralib turadi. Kuz mavsumida har bir ayolning garderobida bo‘lishi kerak bo‘lgan liboslardan biri. Plashlarning to‘q va och rangdagisi ham hamish urfda bo‘lib kelgan. Uzunligi tizzadan biroz tushib turuvchi, matosida biroz tovlanishi bor bo‘lgan plashlar yillar davomida trendda hisoblanadi.

Charm ko‘ylak yoki shim

Garderobda, albatta, kuz uchun atalgan charm ko‘ylak, shim yoki kurtka bo‘lishi mumkin. Yillar mobaynida urfda bo‘lib kelayotgan charm liboslarani turli xil mato bilan uyg‘unlashtirish moda olamida yaxshi yangilik bo‘ldi. Masalan, biroz issiqroq havoda shifon, salqin kunlarda uni trikotaj kiyimlar bilan birga kiyish mumkin.

Issiq qalin sviter

Yana bir ajoyib tanlov. Har mavsumda yangi sviter sotib olish kamdan kam uchraydigan holat. Sviter xarid qilishda sifati va matosiga ahamiyatli bo‘lsa, yillar davomida uni yubka, charm shim bilan kiyish mumkin. Sviterda inson o‘zini erkin va qulay sezadi.

Klassik kostyum-shim

Rasmiy lavozimda ishlaydigan ayollar uchun eng yaxshi libos klassik uslubdagi kostyum-shim. Uni, albatta, garderobdan joy olgan sara kiyimlar qatoriga kiritish zarur. Shuningdek, uni birgalikda kiyish ham mumkin yoki boshqa bir libos bilan moslashtirish ham oson. Shuningdek, ushbu liboslar baland poshnadan tashqari yengil poyabzal bilan ham kiyilmoqda.

Oversayz uslubidagi ko‘ylaklar

Ushbu uslubdagi ko‘ylaklar hech qachon injiqlik qilmaydi. Lekin ko‘ylak qomat uchun biroz keng va katta turishi kerak. Bunday liboslarni xarid chog‘ida qalinroqlarini tanlash afzal, shunda mato tez g‘ijim bo‘lib, muammo tug‘dirmaydi. Oversayz uslubidagi libosdan bir marta foydalangan inson, albatta, garderobdan uning uchun alohida joy ajratadi.

Qulay hamda yengil liboslar

Bunday liboslar paxta yoki jundan ham bo‘lishi mumkin. Agar ko‘proq sport uslubidagi liboslar yoqsa, unda jenfer qismiga biriktirilgan qalpoqlisini tanlagan ma’qul. Klassik uslub tarafdorlariga esa buning aksi tavsiya etiladi. Shuningdek, bu libos palto, kurtka bilan ham mos keladi.

Yassi balandlikdagi oyoq kiyim

Bu kabi poyabzallar hamisha trendda. Uni ko‘ylak va shimlar bilan kiyish mumkin. Juda baland bo‘lmagan boylar uchun ushbu oyoq kiyimning ixchamrog‘ini tanlash tavsiya etiladi. Yassi balandlikdagi oyoq kiyimlar ushbu kuz mavsumida bog‘lanadigan yoki qadaladigan bo‘lishi ham mumkin.

Yorqin rangli poyabzal

Birinchidan chiroyliligi bilan ham urfdan qolmaydi. Yorqin rangli poyabzallar kuzgi liboslar bilan ajoyib uyg‘unlikni aks etadi. Agar xushbichim ko‘ylak bilan yorqin oyoq kiyim tanlansa, u bilan shaffof rangli kalgotka kiyish tavsiya etiladi. Issiq, qulay va ajoyib ko‘rinish.

Sevimli libos

Rang, sifat va bahoning ahamiyati yo‘q. Har bir ayolning garderobida bo‘lishi kerak bo‘lgan eng muhim narsa – sevimli libos. Bunday libos qiyin vaziyatlarda o‘z egasiga yordam qo‘lini cho‘zadi va muammolarni bartaraf etadi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-09-2020, 18:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют