» » Qomatni ixcham ko‘rsatishning bir necha usullari

Qomatni ixcham ko‘rsatishning bir necha usullari


Libos qomatdagi kamchiliklarni yashirishi yoki aksincha unga urg‘u berishi ham mumkin. Shu sababdan ham xarid davomida qomat va diddan kelib chiqqan holda kiyim tanlash tavsiya qilinadi. Quyida kiyim-kechak bilan qanday qilib ozg‘in ko‘rinish mumkin ekaniga to‘xtalamiz.

“Zapax”li libos

Dizayner Diana fon Fyurstenberg tomonidan o‘ylab topilgan keyinchalik barcha lyuks brendlar kolleksiyalaridan o‘rin olgan mazkur bichimdagi liboslar darhaqiqat qomatni ixcham ko‘rsatish xususiyatiga ega. Bunday libos belga urg‘u berib, bo‘yinni uzun ko‘rsatadi.

Pastki qismi keng jinsi shim

Bunday shim kiyganlarning oyoqlari uzun, ixchamroq va bo‘yi baland ko‘rinadi. Shu sababdan ham bunday shimlar faqatgina ozg‘in ko‘rinishni istaganlar uchun emas, balki balandroq ko‘rinishni xohlovchilar uchun ayni muddao.

To‘g‘ri bichimli shim

Bu bichimdagi shim ham yuqoridagi singari xususiyatlarga ega va hech ham urfdan qolmaydi. Shu bois ham bunday shimni hech ikkilanmay kiyish tavsiya qilinadi.

Uzunchoq taqinchoq

Bunday taqinchoq nafaqat chiroyli aksessuar, balki bo‘yinni uzun ko‘rsatuvchi detal hisoblanadi. Taqinchoqni toshli, durli, marvarid va biserli variantlari bor bo‘lib, diddan kelib chiqqan holda xarid qilish tavsiya qilinadi.

Uzun pidjak

Uzun va yopishib turmaydigan pidjak, jinsi shim va uchli tufli kiyishning o‘zi bilan siz ko‘ngildagidek obraz yarata olasiz. Qolaversa, bunday bichimli kostyum bel va qorindagi ortiqcha yog‘larni yashirib ko‘rsatadi.

Poshnali tufli

Poshnali oyoq kiyim qomatni chiroyli va ozg‘inroq ko‘rsatishi sir emas. Asosiysi esa bunday oyoq kiyimni qulayini tanlash va harakatlanganda qiynalmaslikka amin bo‘lish.

Old qismi V bichimli kofta yoki libos

Bunday bichimli libos qomatni chiroyli ko‘rsatish bilan birga, ayollarga xos joziba ham bag‘ishlaydi. Bunday koftalarni jinsi shim va o‘rta uzunlikdagi yubka bilan kiyish tavsiya qilinadi.

Kamar yoki belbog‘

Keng libos yoki bluzka kiying va belingizga kamar taqib, urg‘u bering. Bunday kiyinish qomatingizni chiroyli ko‘rsatibgina qolmay, moda bilan hamnafas ekaningizdan ham dalolat beradi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-07-2020, 07:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют