» » Kuz uchun maqbul tanlov: Bichimi qomatni ixcham ko‘rsatadigan ko‘ylaklar (foto)

Kuz uchun maqbul tanlov: Bichimi qomatni ixcham ko‘rsatadigan ko‘ylaklar (foto)


Garderobini qanday uslub va bichimli liboslar bilan yangilashni bilmayotgan ayol-qizlar uchun, ozg‘in ko‘rsatish xususiyatiga ega liboslar surati bilan bo‘lishamiz. Ushbu modellarga o‘xshash libos xarid qilish yoki tiktirish xohishingizga havola.

H&M brendidagidek tyul matosidan tikilgan, och ranglar umumlashmasidan tashkil topgan libos, kuzgi romantik obraz uchun ayni muddao. Baxmalli qalin “obodok”, oq yoki och rangli botfort yoki “kazaki” kiyish orqali yanada qiziqarli ko‘rinishga ega bo‘lishingiz mumkin. Tungi obraz uchun shunga o‘xshash libosni “polusapog” va baxmal yoki charm sumka bilan moslash tavsiya qilinadi. Kundalikda esa och krossovka, yopiq tufli, ustingizga esa plash yoki trench kiysangiz bo‘ladi.

“Snejnaya koroleva” brendi tomonidan taqdim qilingan suratdagidek midi uzunligidagi libos kundalik kiyish uchun universal variant hisoblanadi. Hech qachon urfdan qolmaydigan mazkur printli ko‘ylak, qalin “kolgotka”, uzun etik va botfort bilan chiroyli ko‘rinadi. Libos ustidan charm kurtka, uzun klassik uslubdagi palto kiyish mumkin. Qolaversa, tadbir yoki ziyofatlar uchun baland poshnali tufli, ish yoki o‘qish uchun esa qulay krossovka va oversize jinsi kurtka bilan moslasa bo‘ladi.

Mazkur bichimli ko‘ylak-libos bilan turli obraz yaratsa bo‘ladi. O‘zini libos sifatida yoki shim bilan kiyish, shuningdek, ustki kiyim sifatida foydalanish ham mumkin. Vertikal print qomatni ixcham ko‘rsatadi, belga urg‘u beradi. Oyoq kiyimlardan botfort, qalin krossovka bilan moslash tavsiya qilinadi.

Mayda gul printi tushirilgan libos nafaqat yozda, balki kuzda ham dolzarb. Stradivarius taqdim etgan model singari libosni to‘q ranglar bilan moslab o‘ziga xos uslubda kiyish mumkin. Qora tufli yoki bog‘ichli botinka bilan kuzga xos obraz egasi bo‘lasiz.

“Zapax” bichimli libos istalgan qomat egasiga yarashadi va qomatni chiroyli ko‘rsatadi. Xantal rangi esa kuz yaproqlarini esga soladi. Ingichka belbog‘ni, to‘q yashil qalin charm kamarga almashtirsa bo‘ladi.

“Jiddiy” uslub va klassik ko‘rinishni xush ko‘radiganlar uchun ushbu libos ayni muddao. Mazkur modelni ofisga ham kechki tadbirlarga ham kiysa bo‘ladi. Buning uchun aksessuar va tuflini moslash kifoya.

Mazkur libos egasini yanada jozibali ko‘rinishiga sababchi bo‘ladi. Uni zamsh botfort, palto va shakli o‘ziga xos bo‘lgan sumka bilan moslang. Yoki qalin botinka va oversize kurtka kiyib, vintaj uslubidagi kumush rang zirak taqing. Bo‘yin qismidagi tasmani bant qilib bog‘lashingiz yoki shundayligicha qoldirishingiz mumkin.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2020, 13:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют