» » Sifatsiz mato, haddan ortiq tor libos. To‘la ko‘rinishga sabab bo‘ladigan kiyinishdagi 9 xato

Sifatsiz mato, haddan ortiq tor libos. To‘la ko‘rinishga sabab bo‘ladigan kiyinishdagi 9 xato


Podium va urfda qanday uslubda kiyinish dolzarb bo‘lishidan qat’iy nazar har bir ayol o‘z qomati, bo‘yidan kelib chiqqan holda tanlov qilishi kerak. Chunki noto‘g‘ri kiyinish nafaqat didsiz, balki qomatni aslidan ham to‘laroq ko‘rinishiga sabab bo‘ladi.

Kalta shim

So‘nggi yillarda trendda bo‘lib kelgan uzun bo‘lmagan shimlarning turli modellari bor. Ammo bunday shimni qomat proporsiyasi buzilmasligi uchun ? uzunligidagisini tanlamaslik tavsiya qilinadi. Chunki tizzadan uzunroq turadigan model bilan bo‘yingiz past, bo‘ksa esa keng ko‘rinishi mumkin.

Qomatni berkitishga urinish

Qomatidan ko‘ngli to‘lmagan ayollar keng kiyim-kechak bilan kamchiliklarni berkitmoqchi bo‘ladi. Ammo qomatdan kelib chiqib tanlanmagan oversize bilan yanada qo‘polroq ko‘rinish yoki kutilgan natijaga erisha olmaslik mumkin. Agar belingiz ingichka emasdek tuyilsa, keng libos kiyib unga urg‘u berish uchun aksessuarlardan: kamar va belbog‘dan foydalaning.

Haddan ortiq tor kiyim

Libos, top va boshqa kiyimlarni tanlaganda haddan ortiq tor emasligiga e’tibor qaratish kerak. Chunki bunday bichimli liboslar kamchiliklarni ko‘zga tashlanishiga sabab bo‘ladi.

Oversize va yana oversize

Oversize’ning trendda ekani va u bilan qiziqarli obraz yaratish hatto to‘g‘ri tanlansa qomatni chiroyli ko‘rsat mumkinligi aniq. Lekin tepa qismiga ham pat qismiga yoki ustidan ham keng kiyimni bir vaqtni o‘zida kiyish birinchidan qo‘pol, ikkinchidan esa didsiz ko‘rinishga sabab bo‘ladi. Ustingizga oversize kiysangiz, belni aks ettiradigan jinsi, yubka yoki shortik kiying. Agar shimingiz yoki yubkangiz keng bo‘lsa, tepa qismingizga keng bo‘lmagan top yoki sviter kiyish tavsiya qilinadi.

Printli shim

Printli shimlarni tanlashda e’tiborli bo‘lish, naqshlar to‘laroq ko‘rsatishini hisobga olish kerak. Agar siz o‘z vazningizda ham to‘la kiyinishni istamasangiz, unda naqsh va printli rang barang liboslarni xarid qilishda qoching.

Qavat-qavat kiyinish

Dizaynerlar tomonidan kiyim ustidan kiyim kiyish podiumlarda qo‘llanilayotgani haqiqat. Sovuq kunlarda bunday kiyinishning afzalliklarini inkor qilib bo‘lmaydi, ammo hamma narsaning me’yorini bilish va inson o‘z qomatini obyektiv baholay olishi zarur. Qavat-qavat kiyinishni butkul tashlash tavsiya etilmaydi, shunchaki mato qalinligi, bichimiga e’tiborli bo‘lish kerak. Masalan, sviter ustidan ko‘ylak keyin bo‘lsa kurtka kiyish mumkin, lekin keng sviter ustidan oversize pidjak, yelkasi keng kurtka kiyish sizni semiz ko‘rsatishi aniq.

Bo‘yin qismini yopiq libos

Doim qiziqarli obraz yaratish mumkin bo‘lgan hech ham urfdan qolmaydigan vodolazka kiyishda, bo‘yin kalta ko‘rsatishi mumkinligini inobatga olish kerak. Kiyinish borasidagi bunday xatoni Brijit Makronning kiyinish uslubida kuzatish mumkin. Bo‘yni yopiq liboslar qomatni aslidan to‘laroq ko‘rsatish xususiyatga ega. Yoqali, bo‘yin qismi V shaklidagi liboslar esa ayol kishini yanada latofatli va jozibali ko‘rsatadi.

Noto‘g‘ri uzunlikdagi yubka

Libos yoki ko‘ylak uzunligining to‘g‘ri ekani nafaqat trendlar, balki qomat o‘lchamlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Uzunligi to‘piqdan biroz yuqoriroqda turadigan uzunlikdagi yubka hatto bo‘yi 180 bo‘lgan ayol yoki qizni ham past bo‘yli ko‘rinishiga sabab bo‘ladi. Agar siz uzun liboslarni yoqtiradigan bo‘lsangiz e’tiboringizni midi uzunligiga qaratish tavsiya qilinadi.

Sifatsiz trikotaj

Sifatsiz mato obraz haqida noto‘g‘ri xulosa chiqarishga sababchi bo‘ladi. Yupqa va shildiragan trikotaj, siz yashirishni istagan qomatingizdagi kamchiliklarni ko‘zga tashlanishiga olib keladi. Shuning uchun tor libosdan obraz yaratishni istasangiz qattiq matoli kiyimlar, keng liboslar uchun esa yumshoq matodan tikilgan liboslarga e’tibor qarating.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-08-2020, 18:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют