» » Didsizlikni namoyon qiluvchi kiyimlar kombinatsiyasi (foto)

Didsizlikni namoyon qiluvchi kiyimlar kombinatsiyasi (foto)


Libos tanlashda faqatgina o‘lcham, sifat va rangdan tashqari uni to‘ldirib turuvchi boshqa kiyimlarni ham inobatga olish kerak. Aks holda yangi xarid qilingan libos qanchalar go‘zal va zamonaviy bo‘lmasin, mos kelmagan qo‘shimcha poyabzal yoki bosh kiyim tufayli har qanday insonni didsiz ko‘rsatishi mumkin.

Tizzadan yuqorida turuvchi etik va tizzadan pastga tushib turuvchi yubka

Masalan, uzun etiklar nisbatan kaltaroq va keng bichimdagi yubkalar bilan mos tushadi. Bunday klassik va oddiy uzun yubka bilan kalta etiklarni kiyish tavsiya etiladi. Agar yuqoridagi kombinatsiyadan foydalanilsa, bo‘yni past hamda qomatni beo‘xshov, hatto qo‘pol ko‘rsatishi turgan gap.

Kalta futbolka, klyosh jinsi shim va baland poshnali poyabzal

Agar toraytirilgan shim va uzun kofta tanlansa, hech qanday savol tug‘ilmaydi. Lekin keng yoki klyosh shim bilan birga, juda ham kalta futbolka umuman bir-birini to‘ldirmaydi. Hatto mukammal qomat egasi ham shunday kombinatsiyadan foydalansa, vazniga ortiqcha vazn qo‘shiladi, bo‘y esa chindan ham pasayadi.

Yorqin rangli ko‘ylak va poshnali qora tufli

Aslo birlashtirib bo‘lmaydigan narsalar. Qora rang barcha liboslarga mos tushishi mumkin, ammo yozgi yengil libosga emas. Ikkalasi bir-biriga shunchalar zidki, tashqaridan qaralganda juda ham xunuk ko‘rinadi. Bu kabi nafis libos bilan qora bo‘lsa-da, ochiq va ingichka tasmali oyoq kiyim kiygan afzal.

Trikotaj bolero va har qanday libos

Trikotaj matodan yoki to‘qilgan bolero har qanday ko‘rinishga putur yetkazadi. Faqatgina uni hech narsa bilan kiymaslik tavsiya etiladi. Tamom.

Beret yoki shlyapa va uzun kurtka

Beret juda injiq bosh kiyim hisoblanadi. Qo‘lni bir silkitishda “qiz bola”dan “xola”ga aylanib qolish istagi bo‘lmasa, bunday uslubda aslo kiyinmaslik zarur. Beret va shlyapa, albatta, klassik uslub bo‘lib, u paltolar bilan hamohang obraz yaratadi. Uzun va paxmoq kurtkalarga esa issiqqina qalpoq kiyish tavsiya etiladi.

Keng bichimli kofta va bog‘ichli bejirim tufli

Odatda qomati olma shaklidagi qizlar shunday keng bichimdagi koftalarni kiyishni xush ko‘radi, sababi u qomatdagi kamchiliklarni yashiradi, deb o‘ylashadi. Unga umuman mos bo‘lmagan ingichka poshnali bejirim oyoq kiyim esa qomatning shaklini battar bo‘rttirib yuboradi.

Klassik uslubda palto va uggi

Uggi etiklari aslida shahar uchun mo‘ljallangan emas. U shahardan tashqari dam olish yoki qishloq joylar uchun juda qulay. Shuning uchun ham uggi etigi va klassik uslubdagi uzun paltoni birga tasavvur qilish qiyin. Agar havo juda sovuq bo‘lsa, paltoning o‘rniga teridan tikilgan kaltaroq kiyim kiyish kerak.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2020, 08:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 108) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют