» » Jinsi shimni qanday ustki kiyimlar bilan kiyish mumkin?

Jinsi shimni qanday ustki kiyimlar bilan kiyish mumkin?


Jinsilar shpilkalar bilan ham, valenkalar bilan ham yarashadi. Lekin kuzgi-qishki garderob masalasiga kelganda, garderobning bu asosiy qismini nima bilan kiyishga biroz ikkilanib qolasiz. Ham didli va ham muvofiq korinish uchun jinsilarni nimalar bilan kiyish mumkin?

Jinsilarni tanlashda yirtiqsiz, bir xil rangdagi klassik va ornashish tarzi ortacha bolgan bichimlilarini moljallang. Kiyim qomatingizni ajoyib tarzda namoyon qilishiga ishonch hosil qiling.

Chontaklarining joylashishiga va tikilishiga etibor bering. Masalan orqa chontaklar tosni kattalashtirib korsatishi mumkin. Bu togri tortburchaktipidagi qomatli qizlar uchun ajoyib yangilik boladi.

Togri bichimdagi va old chontaklari qiyshiq bolgan modellar son chiziqlarini ancha silliqroq qilib korsatadi. Qomati olmatipidagi ayollar uchun tizzadan pasti biroz karnay bichiqli, togri modeldagilar mos keladi.

Har qanday jinsilar uchun juda oddiy, hech qanday ortiqcha bezaklarsiz paltolar mos keladi. Ikki bortli kalta palto bilan karnay bichimli jinsilar juda ajoyib tarzda uygunlashadi.

Jinsi-skinnilarni togri bichimdagi va uzunligi sondan pastroqqa tushib turuvchi paltolar bilan birga kiyish mumkin. Ularni poshnali va poshnasiz oyoq kiyimlar bilan ham kiysa boladi.

Bu juftlik xuddi bir-biri uchun yaratilgandek! Charm, zamsh, jun kurtkalar qiyofangizga mardonavorlik bagishlaydi. Agar sizning boyingiz unchalik baland bolmasa, kurtkani jinsining rangiga mos qilib tanlang bu boyingizni biroz balandroq korsatadi. Bunday qiyofa uchun bogichli qopol botinka mos tushadi.

Jinsilar tabiiy va suniy moynalarni ajoyib tarzda toldirib turadi. Ular bilan viqorli kiyim hisoblanuvchi postin ham yosharib ketadi.

Agar siz moynali postin sotib olmoqchi bolsangiz, unda ixcham, bezaklarsiz va tillarangli tugmalarsiz modellarini tanlang. Qiyofangiz yengilroq bolishi uchun bu toplamga qoshimcha qilib toqilgan shapka ham sotib olishingiz mumkin.

Manba: Passion.ru

: admin (16-11-2017, 00:15)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 4) ( 0) ( 2) ( 2)
:
-
:
20 ... -