» » Yengsiz bluzka, tor koylak. Qanday kiyimlar qomatni xunuk korsatadi?

Yengsiz bluzka, tor koylak. Qanday kiyimlar qomatni xunuk korsatadi?


Ish yoki oqishga ketishdan avval kozguga razm tashlaganda libosdan konglimiz toldimi yoki yoq, shunga qarab kiyinamiz. Lekin qomat qanchalik mukammal bolmasin bazi kiyim-kechaklar va etibor berilmaydigan jihatlar tolacha va past boyli hamda didsiz korinishga sababchi boladi. Bu kabilardan qochish uchun qanday kiyimlarni garderobdan chiqarib tashlash kerak? Stilist Yuliya Morexodova ushbu savolga javob beradi.

Beldan pastda turadigan tor bichimli shim

Skinni, yani tor shim ozginroq korsatadi degan tushuncha har doim ham ozini oqlayvermaydi. Masalan, kalta keng sviter bilan skinni shim kiyilsa, qomat chupa-chupsga oxshab qoladi. Tor shim bilan yopishib turadigan trikotaj kofta ham sovuq otkazmaydigan ichki kiyimdek korinishi mumkin. Ushbu modelni beldan past turadiganini olish esa umuman tavsiya qilinmaydi, chunki qomat odatdagidan gavdaliroq, oyoqlar kaltaroq, tananing tos qismi va sonlar keng, tizzadan pastki qism esa nomutanosib ingichka ravishda korinadi. Skinni kiyishni istaganlarga keng va uzunroq kardigan yoki pidjak bilan moslash tavsiya qilinadi. Sviter yoki bluzka tor bolmasligi kerak, ana shundagina ayollarga xos joziba va noziklik aks etishi mumkin.

Yengsiz bluzka

Yengi yoq bluzka kiyganda qolning yuqoridagi tola qismi va yelkalar etiborni tortadi. Agar qolingizni yuqori qismi tolacha bolsa, bunday kiyinish yanada kozga tashlanishga sabab boladi. Qolaversa bunday model, obrazni yuzaki korinishiga sababchi boladi. Shu bois yengsiz model orniga kalta bolsa ham yengi bor variantni tanlash, klassik yengli koftani bolsa tirsakkacha ? qilib qayirish yo bolmasa fonar yengli romantik modelga etibor qaratish tavsiya qilinadi.

Yupqa trikotaj koylak

Koylak, jemfer, kardigan qanday kiyim-kechak bolishidan qati nazar, trikotajning yupqasi didsizlikdan darak beribgina qolmay, qomatdagi kamchiliklarga etibor qaratadi. Bunday libosni ozini kiymaslik, kiyganda ham jinsi kurtka, kardigan yoki pidjak ichidan moslash kerak. Bu orqali siz bir oq bilan ikki quyonni urgan bolasiz kiyinishingiz zamonaviy va qiziqarli boladi, qomatingizdagi kamchiliklar esa ustki kiyim ichiga yashirinib, kozga tashlanmaydi.

Gorizontal yol-yol printli shim

Bunday modellar kamdan kam bolsa ham bazi brendlarning yozgi kolleksiyalarida uchrab turadi. Gap shundaki, yol-yol vertikal emas, gorizontal qilib tushirilgan print qomatni, xususan, beldan pastki qismni keng va tola qilib korsatadi. Bunday modeldagi shimlarni yelkasi tos suyagidan keng bolgan ayol-qizlar kiyishi va bu orqali qomatni proporsional korinishiga erishishi mumkin. Boshqa qomat egalariga esa ozlaridagi kamchiliklarni inobatga olgan holda libos tanlash va moda ekan deb har narsani xarid qilavermaslik tavsiya qilinadi.

Botilyonlar

Botilyonlarni istalgan poyabzal dokonida topish va turli rang va modeldagilarni tanlash mumkin. Lekin xarid qilishga shoshilmaslik botilyonlarning kalta bichimlisi qomat va boyni boshqacha korsatishini unutmaslik kerak. Bunday modellarni koylak, yubka va kalta shim bilan kiyish orqali oyoqlarni kalta korinishiga sababchi bolish mumkin. Kalta botilyonlar bilan kiyilgan yubka topiqdan tort-besh barmoq tepada bolishi yoki tanlov midi uzunligidagi plissirovkali libosda toxtashi kerak.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
: admin (26-08-2020, 13:58)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 25) ( 0) ( 24) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -