» » Eldor Shomurodov nihoyat gol urdi. U 208 kunlik quruq seriyaga Yevropa Ligasida nuqta qo‘ydi (video)

Eldor Shomurodov nihoyat gol urdi. U 208 kunlik quruq seriyaga Yevropa Ligasida nuqta qo‘ydi (video)


“Rostov” hujumchisi Eldor Shomurodov Yevropa Ligasi 3-saralash bosqichi doirasida “Makkabi”ga qarshi bahsda (1:1, ikkinchi bo‘lim) gol urishga erishdi.

Bu Shomurodov uchun Yevrokuboklardagi debyut gol bo‘ldi.

Shu tariqa, o‘zbekistonlik futbolchi “Rostov” safidagi 15 o‘yinlik golsiz seriyasiga yakun yasadi. Eldor so‘nggi bor 29-fevral kuni RPL doirasida “Axmat” darvozasini ishg‘ol qilgandi (1:1).

Shomurodovning rostovliklar safidagi golsiz seriyasi 208 kun davom etdi.

Eslatib o‘tamiz, Shomurodov Rossiya Premyer Ligasining 2019/20-yilgi mavsumida 11 ta gol urgandi. 2020/21-yilgi mavsumning ortda qolgan 7 turida Eldor darvozalarni ishg‘ol qilolmagan edi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-09-2020, 22:38)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют