» » Farg‘ona viloyati O‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i Mansurxo‘ja Xo‘jayev vafot etdi

Farg‘ona viloyati O‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i Mansurxo‘ja Xo‘jayev vafot etdi


Farg‘ona viloyati O‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i Mansurxo‘ja Xo‘jayev 78 yoshida vafot etdi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

Ma’lum qilinishicha, Mansurxo‘ja Xo‘jayev 1942-yil 15-fevralda Qo‘qon shahrida tug‘ilgan bo‘lib, Toshkent moliya institutini tamomlagan. Mansurxo‘ja Xo‘jayev bir vaqtning o‘zida Qo‘qon davlat o‘rmon xo‘jaligi direktori vazifasini ham bajargan. Shuningdek, u O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi hay’ati a’zosi hisoblangan.

Marhum, bundan tashqari, badiiy ijod bilan shug‘ullangan, ko‘plab kitoblari nashr etilgan. Yozuvchilar uyushmasi a’zosi bo‘lgan. “Do‘stlik” va “Fidokorona xizmatlari uchun” ordenlari bilan mukofotlangan.

Qo‘shimcha qilinishicha, Mansurxo‘ja Xo‘jayev vafotiga qadar shifoxonada davolanayotgan bo‘lgan. Biroq, uning vafotiga nima sabab bo‘lgani ma’lum qilinmagan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-09-2020, 23:38)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют