» » Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Toshkentda elektr tarmog‘idan ommaviy uzilish holatlari bo‘yicha o‘z xulosasini ma’lum qildi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Toshkentda elektr tarmog‘idan ommaviy uzilish holatlari bo‘yicha o‘z xulosasini ma’lum qildi


Toshkent shahrining bir qancha tumanlarida 16-sentabr kuni aholi elektr energiyasi o‘chirilganidan shikoyat qilgani haqida xabar berilgandi. Tarmoqdan uzilgan iste’molchilar elektr energiyasi hisob-kitobini nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi bilan bog‘liq muammolarni qayd etgan. Ma’lum qilinishicha, elektr energiyasi qarzdorligi bor fuqarolar uchun uzilgan. Lekin to‘lov amalga oshirilishiga qaramasdan, elektr energiyasining uzatilishi bir necha soatda ham tiklanmagan. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi mazkur holatni o‘rganib chiqdi.

Qo‘mita tomonidan ma’lum qilinishicha, 24-sentabr kuni Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining qonun hujjatlarini buzilganligini ko‘rib chiqish bo‘yicha maxsus komissiyasi tomonidan mazkur holat yuzasidan qo‘zg‘atilgan ish ko‘rib chiqildi.

Maxsus komissiya qaroriga ko‘ra, “Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunining 19-moddasi birinchi qismi, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-sonli qarori bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalarining 131-bandi va 2017-yil 10-iyuldagi 484-sonli qarori bilan tasdiqlangan Iste’molchilarni elektr energiyasi va gaz tarmoqlaridan uzib qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 19 va 20-bandlari talablari buzilishiga yo‘l qo‘yilgan.

Shuningdek, “Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi” AJga yuqorida keltirilgan qonun hujjatlar talablarni buzilish holatlarini to‘xtatish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ko‘rsatma berilgan.

Eslatib o‘tamiz, 14-sentabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olish hamda nazorat qilish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan edi. Unda mamlakatdagi elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olish va nazorat qilish bo‘yicha yaxlit onlayn tizim yaratilishi belgilangan.

2020-yil 20-avgust kuni “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan Toshkentda Elektr energiyasini hisobga olishni avtomatlashtirish markazi foydalanishga topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2020, 00:38)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 108) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют