» » Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi iste’molchilarga 683,3 million so‘m ortiqcha qarzdorlik yozilganini aniqladi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi iste’molchilarga 683,3 million so‘m ortiqcha qarzdorlik yozilganini aniqladi


Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining ma’lumotiga ko‘ra, bugungi kungacha tabiiy monopoliya subyektlarining noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan iste’molchilar tomonidan 120 dan ortiq murojaatlar kelib tushgan va barchasi belgilangan tartibda o‘rganib chiqilgan.

Murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonida 43 ta holatda tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan iste’molchilarga 683,3 millon so‘m (aholi foydasiga 225,9 millon so‘m) ortiqcha hisoblanganligi, xususan tabiiy gaz bo‘yicha 153,5 millon so‘m, ichimlik suv bo‘yicha 183,5 millon so‘m, elektr energiyasi bo‘yicha 279,9 million so‘m mablag‘lar  iste’molchilarga qayta hisob-kitob qilingan.

“ ‘Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi’ AJ tomonidan Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ‘Tex-Yunol-Servis’ MChJga elektr energiyasi bo‘yicha qo‘llanilgan qo‘shimcha to‘lovlardan 51,4 million so‘m hamda ‘Toshkent suv ta’minoti’ UK tomonidan Yashnobod tumanidagi tadbirkor Talipov A.R.ga 5,0 million so‘m mablag‘ ortiqcha hisoblangan. Aniqlangan mablag‘lar iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilib berilgan”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-07-2019, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 116) ( 0) ( 114) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют