» » Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tabiiy monopoliya xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha iste’molchi manfaatlarini himoya qildi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tabiiy monopoliya xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha iste’molchi manfaatlarini himoya qildi


O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Iste’molchilarga tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan ortiqcha qarzdorlik hisoblanganligi to‘g‘risidagi fuqarolarning murojaatlari yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazildi, deb xabar berdi qo‘mita matbuot xizmati.

O‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan 2 ta holatda tabiiy gaz, 1 ta holatda ichimlik suvi va 2 ta xolatda issiqlik ta’minoti xizmatlari bo‘yicha iste’molchilarga 6,5 million so‘m ortiqcha qarzdorlik hisoblanganligi aniqlanib, mazkur mablag‘lar iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilib berildi hamda ularning manfaatlari himoya qilindi.

Shuningdek, o‘tkazilgan o‘rganishlarda iste’molchilarning asosli e’tirozlariga sabab bo‘layotgan holatlar yuzasidan tabiiy monopoliya subyektlariga kelgusida yuqoridagi qonunchilik talablariga rioya etilishi aks holda qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘rilishi yuzasidan tushuntirishlar berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-05-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 77) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют