» » O‘zbekistonda 2018-yilda iste’molchilar eng ko‘p savdo sohasidan shikoyat qildi

O‘zbekistonda 2018-yilda iste’molchilar eng ko‘p savdo sohasidan shikoyat qildi


O‘zbekistonda 2018-yilda iste’molchilar foydasiga jami 7,8 milliard so‘m yetkazilgan zarar qayta hisob-kitob qilib berildi. Bu haqda Iste’molchilar huquqini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi ma’lum qildi, deya xabar beradi “Xalq so‘zi”.

2018-yilda fuqarolarning murojaatlarini o‘rganib, sohalar kesimida tahlil qilinganda iste’molchilardan kelib tushgan murojaatlarning katta qismi savdo sohasiga tegishli ekani ayon bo‘ldi.

Jumladan:

Savdo — 4083 ta murojaat;

Tabiiy gaz ta’minoti — 2409 ta;

Elektr ta’minoti —1908 ta;

Suv ta’minoti — 795 ta;

Kommunal xizmat ko‘rsatish — 648 ta;

Aloqa — 453 ta;

Transport — 382 ta;

Sog‘liqni saqlash — 248 ta;

Boshqa — 2163 ta.

Fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish hududlarda aynan savdo, tabiiy gaz va elektr ta’minoti sohalarida bugungi kunda yechimini kutayotgan ishlar ko‘pligidan dalolat bermoqda.

2017-yilda fuqarolardan federatsiyaga jami 14127 ta murojaat tushgan bo‘lsa, 2018-yilda bu ko‘rsatkich kamayib, 13089 tani tashkil etgan. 2017-yilda eng ko‘p murojaat tabiiy gaz ta’minoti yuzasidan bo‘lgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-01-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют