» » Iste’molchilar huquqlari federatsiyasiga murojaatlarning uchdan bir qismi tabiiy gaz ta’minotiga tegishli bo‘ldi

Iste’molchilar huquqlari federatsiyasiga murojaatlarning uchdan bir qismi tabiiy gaz ta’minotiga tegishli bo‘ldi


O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va uning hududiy tuzilmalariga 2017-yili iste’molchilardan 14 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.

Ularning katta qismi, ya’ni 31,1 foizi tabiiy gaz ta’minoti, qolganlari savdo, elektr, kommunal xizmat ko‘rsatish, suv ta’minoti, transport, aloqa, sog‘liqni saqlash sohalari hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu 2016-yil bilan solishtirganda 4 219 taga ko‘p.

Murojaatlarning 91,9 foizi ijobiy hal etildi, 4,4 milliard so‘mlik zarar iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi.

“Samarqandshahargaz” filiali nazoratchilaridan biri Samarqand shahrida yashovchi Yu. Salimov xonadonidagi gaz o‘lchagichni “plombasi buzilgan, qarzi ham bor” degan da’vo bilan undan 4 million so‘m jarima to‘lashini talab qiladi. Xonadon sohibining “qarzim yo‘q, foydalanilgan gaz haqini o‘z vaqtida to‘lab kelayapman”, degan gapini eshitishni ham istamadi.

Shundan so‘ng mijoz gaz idorasiga kelib, yana bir bor hisobini tekshiradi. Idora xodimlari har oyda 150 ming so‘mdan gaz to‘lovlarini to‘lab kelayotganini aytib, unga qarzi yo‘qligi haqida ma’lumotnoma ham beradi. Biroq shundan keyin ham nazoratchi tarmoqdan uzgan gaz ulab berilmadi. Nazoratchining o‘zboshimchalik bilan qilgan hatti-harakati oqibatida xonadon oila a’zolari sovuq kunlarda gazsiz o‘tirishga majbur bo‘ldi.

Iste’molchi federatsiyaning Samarqand viloyat hududiy birlashmasiga murojaat qildi. Birlashma mas’ul xodimi yordami bilan vaziyatga oydinlik kiritildi, iste’molchi qarzdor emas, aksincha, 363 ming so‘mdan ziyod oldindan to‘lov qilgani ma’lum bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-02-2018, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют