» » Xitoyning ichimliklar ishlab chiqaruvchi Nongfu Spring kompaniyasi prezidenti Chjun Shanshan mamlakatning eng boy odamiga aylandi

Xitoyning ichimliklar ishlab chiqaruvchi Nongfu Spring kompaniyasi prezidenti Chjun Shanshan mamlakatning eng boy odamiga aylandi


Xitoyning qadoqlangan suv ishlab chiqaruvchi eng yirik kompaniyasi Nongfu Spring’ning egasi Chjun Shanshan mamlakatning eng boy odamiga aylandi. Uning kompaniyasi aksiyalari birja savdolariga qo‘yilgach, narxlar keskin oshgan. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, Nongfu Spring kompaniyasining prezidenti hisoblangan Chjun Shanshanning boyligi 58,7 milliard dollarni tashkil qiladi. U mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha Alibaba kompaniyasi asoschisi Jek Mani ortda qoldirdi. Jek Maning boyligi 56,7 milliard dollarga baholanmoqda.

Shu tariqa, Chjun Shanshan dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatida 17-o‘rinni egalladi va taxminan 10 milliard dollar farq bilan Google asoschisi Larri Peyjdan keyingi qatorda turibdi.

Financial Times gazetasining yozishicha, Chjun Shanshanning boyligi Nongfu Spring kompaniyasi aksiyalari sentabr oyida birinchi marta Gonkongda birja savdolariga qo‘yilgach oshdi. Kompaniya aksiyalari birja savdolari boshlanganidan keyin 80 foizga qimmatlashgan. Kompaniya aksiyalarining 80 foizi Chjun Shanshanga tegishli.

Bundan tashqari, tadbirkor gepatitga qarshi vaksina va COVID-19’ni aniqlash bo‘yicha test ishlab chiqaruvchi Wantai Biological Pharmacy Enterprise Co., kompaniyasini ham nazorat qiladi. Bu kompaniyaning aksiyalari narxi esa 2020-yil aprel oyida Shanxay birjasidagi savdolarga qo‘yilgach, 14 baravarga qimmatlagan.

Tahlilchilarning qayd etishicha, xitoylik biznesmenlar davrasida “yakka bo‘ri” nomi bilan tanilgan tadbirkor boyligining tez o‘sishi investorlarning Xitoy iste’mol sektoriga bo‘lgan qiziqishi bilan bog‘liq. Bu qiziqish mamlakat iqtisodiyoti o‘sishining muhim omili hisoblanadi.

Nongfu Spring kompaniyasi aksiyalari qiymatining uning kutilayotgan daromadlariga muvofiqligi 70 foizga teng. Coco-Cola kompaniyasida esa bu ko‘rsatkich 30 foizni tashkil qiladi.

Iqtisodchilarning fikricha, Nongfu Spring kompaniyasining koronavirus pandemiyasi sababli 2020-yilning birinchi yarim yilligida keskin pasaygan savdolari tiklanmasa, uning aksiyalari narxi tushib ketishi mumkin.

Avvalroq 2019-yilda Xitoyda AQShdagiga nisbatan deyarli uch baravar ko‘p yangi milliarderlar paydo bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Alibaba asoschisi Jek Ma 2020-yilning mart oyida Bloomberg talqiniga ko‘ra, Osiyoning eng boy odami deb topilgandi. Uning ushbu maqomni qo‘lga kiritishiga jahon bozorida neft narxining pasayishi va avvalgi eng boy milliarder hindistonlik Mukesh Ambanining 5,8 milliard dollar yo‘qotgani sabab bo‘lgandi.

Mavzuga doir: Tramp AQShda Alibaba faoliyatiga taqiq joriy etishi mumkinligini ma’lum qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2020, 10:08)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют