» » “Bavariya” ketma-ket g‘alabalar soni bo‘yicha “Real”ning rekordini yangiladi

“Bavariya” ketma-ket g‘alabalar soni bo‘yicha “Real”ning rekordini yangiladi


“Bavariya” futbol bo‘yicha UEFA Superkubogi uchun o‘tkazilgan bahsda qo‘shimcha daqiqalardagi gol evaziga “Sevilya”ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

Xans-Diter Flik boshchilik qilayotgan jamoa rasmiy o‘yinlar doirasida ketma-ket 23-g‘alabasini nishonladi. “Bavariya” so‘nggi bor 9-fevralda “Leypsig” bilan durang o‘ynagandi. Shundan beri jamoa faqat g‘alaba qozonib kelmoqda.

Yevropaning kuchli beshlik jamoalari orasida avvalgi rekord Madridning “Real”iga tegishli edi. 2014-yil sentabridan dekabriga qadar “Real” (o‘sha vaqtda klub ustozi Karlo Anchelotti edi) ketma-ket 22 ta rasmiy o‘yinda g‘alaba qozongan edi. Shu tariqa “Bavariya” bu borada “Real”ning rekordini ham yangiladi.

Myunxen klubi navbatdagi o‘yinni Bundesliga doirasida 27-sentabr, yakshanba kuni “Hoffenhaym”ga qarshi o‘tkazadi.

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2020, 13:08)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 87) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют