» » Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov birinchi o‘qituvchisini bayram bilan tabrikladi

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov birinchi o‘qituvchisini bayram bilan tabrikladi


Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov birinchi o‘qituvchisining oldiga borib, O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan tabrikladi. Bu haqda vazir o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.

“Bayram arafasida ustozlarimizdan xabar olaylik!

Sinfdoshlar bilan birinchi sinf o‘qituvchimizni yo‘qlab borganimizda juda xursand bo‘ldi. Birinchi sinfga borganimizga 36 yil bo‘libdi. Shu bahona sinfdoshlar ko‘rishib, maktabga ham esdalik sovg‘a berib keldik.

Hozirgi vaqtda hayotda erishgan natijalaringizda maktabingizdagi ustozlaringizning o‘rni beqiyos. 1-oktabr “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” arafasida ulardan xabar olinsa, ko‘ngillari tog‘dek ko‘tariladi. Bahonada sinfdoshlar bilan o‘quvchilik davridagi xotiralarni eslashga yana bir bor imkoniyat yaratiladi”, — deydi Xalq ta’limi vaziri.

Shuningdek, Sherzod Shermatov #ustozingdan_xabar_ol chellenjini tashkil qildi. Chellenjga ko‘ra, har kim ustozlari bilan tushgan video va fotolavhalarni #ustozingdan_xabar_ol xeshtegi bilan tarqatadi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2020, 16:38)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 82) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют