» » AQShda 20 yil harakatsiz turgan Ford Mustang 15 ming dollar evaziga sotuvga qo‘yildi

AQShda 20 yil harakatsiz turgan Ford Mustang 15 ming dollar evaziga sotuvga qo‘yildi


AQShning Jorjiya shtatida joylashgan garajlarning biridan kamida 20 yildan buyon harakatsiz turgan 1969-yilgi Ford Mustang Mach 1 modeli topildi. Maslkar to‘liq jamlanmaga ega bo‘lib, uning hozirgi egasini so‘zlariga ko‘ra, mashina to‘liq restavratsiyaga muhtoj emas. U ko‘p yillik changlardan tozlangan, saloniga kimyoviy ishlov berilgan mashina 15 ming dollar evaziga sotuvga qo‘yilgan. Taqqoslash uchun, ushbu pulga yangi Lada Vesta Sport xarid qilish mumkin, deb xabar beradi Motor.

Ma’lum qilinishicha, Mustang’ning faqatgina ost qismi ta’mirga muhtoj, uzoq yillar qarovsiz qolgan mashina zanglashni boshlagan. Shuningdek, rezinali detallari va amortizatorlarini ham yangilash kerak. Mashina 253 ot kuchiga ega 5,8 litrli V8 Windsor motori yordamida harakatga keladi. Modeldagi konditsioner va rulning gidrokuchaytirgichi soz holatda.

Ford Mustang Mach 1 modeli 1964-yildan 1973-yilga qadar 72 458 nusxada ishlab chiqarilgan. ClassicCars onlayn maydonchasida bu turdagi modellar 99,5 ming dollardan 49 ming dollarga qadar sotilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning iyun oylarida Arkanzas shtatida 1990-yili ishlab chiqarilgan qizil rangli Ford Mustang kabrioleti 35 ming dollarga sotilgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2020, 16:53)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют