» » “Forsaj”ning hali ekran yuzini ko‘rmagan qismida suratga tushgan Ford Mustang Mach 1 sotuvga qo‘yildi

“Forsaj”ning hali ekran yuzini ko‘rmagan qismida suratga tushgan Ford Mustang Mach 1 sotuvga qo‘yildi


eBay onlayn-maydonchasida “yangi avtomobil holatiga qadar” restavratsiya qilingan 1971-yilgi Ford Mustang Mach 1 sotuvga qo‘yilgani to‘g‘risida e’lon paydo bo‘ldi. E’lon muallifining ta’kidlashicha, mazkur nusxa “Xobbs va Shou” hamda hali ekranlarga chiqmagan “Forsaj-9” filmlarida suratga tushgan. Mashina 75 ming dollarga baholanmoqda, biroq savdolar hozircha yakunlangani yo‘q va uning narxi ko‘tarilishi mumkin, deb xabar beradi Motor.

E’londan bilish mumkinki, Ford Mustang Mach 1 yaqinda restavratsiyadan chiqqan (ta’mirdan buyon 2,5 ming kilometr yo‘l bosgan). Ta’kidlash kerakki, mashinani qayta tiklashda faqat original detallardan foydalanilgan. Maslkar uchun Drag Pack paketi taklif etilgan, avtomobilni 335 ot kuchiga ega 7,0 litrli Cobra Jet dvigateli harakatga keltiradi.

Mashina kuzovi tillarang Light Pewter bilan bo‘yalgan, yon qismida qora chiziqlar mavjud, saloni esa qora va qizil rangli charm bilan qoplangan.

Gollivud blokbasterlariga keladigan bo‘lsak, suratga olish maydonchasida Ford Mustang Mach 1 statik rol ijro etgan, ya’ni tryuklar va avtomobil poygalarida qatnashmagan. Savdolar yakunlanishiga bir sutkadan ko‘proq vaqt qoldi.

Avvalroq “Forsaj”ning marhum yulduziga tegishli BMW yangi M8 Competition narxida sotuvga qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-08-2020, 11:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют