» » Telegram’da global nosozlik yuz berdi. Messenjer O‘zbekistonda ham vaqtincha ishlamay qoldi

Telegram’da global nosozlik yuz berdi. Messenjer O‘zbekistonda ham vaqtincha ishlamay qoldi


Telegram’ning faoliyatida butun dunyo bo‘yicha nosozlik yuz berdi. Buni Downdetector servisi ma’lumotlari tasdiqlamoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, messenjerning ishlashidagi uzilishlar ayniqsa, Rossiya, Belarus va Ukrainada kuzatilgan. Shuningdek, Telegram O‘zbekiston, Qozog‘iston, Malayziya va Yevropa mamlakatlarida ham ishlamay qolgan.

Foydalanuvchilarning 76 foizi ilovaga ulanishda muammoga duch kelgan bo‘lsa, 23 foizi xabar yuborishga qiynalgan.

Ta’kidlanishicha, bu so‘nggi to‘rt kun ichida messenjerda kuzatilgan ikkinchi uzilish hisoblanadi. 21-sentabr kuni Moskva, Sankt-Peterburg va Nijniy Novgorod foydalanuvchilari ham Telegram ishidagi uzilish haqida xabar bergan.

Telegram o‘zining Twitter’dagi sahifasi orqali nosozlik bartaraf etilganini ma’lum qildi. “Sharqiy Yevropadagi ayrim foydalanuvchilarimiz so‘nggi 45 daqiqada ulanish borasida muammoga duch kelgan bo‘lishi mumkin. Endi hammasi joyida, noqulaylik uchun uzr so‘raymi”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2020, 16:53)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют