» » XXI asrning yangi yulduzi. 18 yoshidayoq kuchli beshlikda 15 ta gol urgan Mbappe

XXI asrning yangi yulduzi. 18 yoshidayoq kuchli beshlikda 15 ta gol urgan Mbappe


Yevropa Chempionlar ligasining yarim finaliga qadar yetib borgan Fransiyaning “Monako” klubi ko‘pchilikni ajablantirishda davom etadi. Mamlakat chempionligidan tashqari, Yevropani zabt etishga urinayotgan jamoa OAVning asosiy mavzusi bo‘lib turibdi.

Bu borada “Monako” hujumchisi — 18 yoshli Kilian Mbappe Lotten katta futbolga yangi yulduz bo‘lib kirib keldi. “Chempionat” ma’lumotiga ko‘ra, Mbappe Fransiya chempionatidagi 26 ta o‘yinida 15 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi va kuchli beshlikda to‘p surgan futbolchilar orasida o‘ziga xos rekord o‘rnatdi.

Kuchli beshlikda 15 ta gol urgan eng yosh futbolchi endilikda aynan Mbappe hisoblanadi. “Manchester Yunayted” sardori Ueyn Runi 18 yoshida “Everton” futbolchisi hisoblangan. Runi bitta mavsumda 15 ta gol urgan birinchi yilida 18 yosh-u 172 kunlik edi. Mbappe esa bu vaqtda 18 yosh-u 130 kunlik bo‘lib ulgurgandi.

1998-yilning 20-dekabr kuni dunyoga kelgan fransiyalik futbolchi Chempionlar ligasida ham yo‘qolib qolayotgani yo‘q. Mazkur musobaqada hozirga qadar 5 ta gol urgan futbolchi monakoliklarning yarim finalga qadar yetib kelishida katta rol o‘ynadi.

Mbappe 5 ta golning hammasini pley-off raundida “Manchester Siti” va “Borussiya Dortmund” klublariga urishga muvaffaq bo‘ldi. Shu tariqa Mbappe pley-offning ketma-ket to‘rt o‘yinida to‘p kirita olgan Chempionlar ligasidagi birinchi futbolchiga aylanib oldi.

“Monako” Mbappeni kelasi mavsumda ham saqlab qola oladimi yoki yo‘q — aytish qiyin.

Опубликовано: admin (1-05-2017, 19:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют