» » Abituriyentlar uchun onlayn testlar!

Abituriyentlar uchun onlayn testlar!


Abituriyentlar uchun ajoyib yangilik! Yaqidagina abituriyentlar, o‘quvchilar uchun innovatsion test olish tizimi ishlab chiqildi va foydalanuvchilar uchun onlayn tarzda faoliyat yuritmoqda. Keling, ushbu tizim haqida batafsil to‘xtalib o‘tsak.

ABT.uz – abituriyentlar uchun o‘zida 30 000 ga yaqin test savollarini jamlagan bilimlarni testlash tizimidir. O‘z nomidagi Aql–Bilim–Test so‘zlarini faoliyatida mujassam etgan ushbu tizim o‘zida ko‘pgina qulayliklarni taqdim etmoqda. Endilikda abituriyentlar va o‘quvchilar mobil telefon, planshet yoki kompyuter orqali zamonaviy axborot texnologiyalari yutuqlaridan unumli foydalangan holda oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlariga innovatsion usulda tayyorgarlik ko‘rishlari mumkin. Ya’ni uyda, o‘quv muassasasida, internet kafelarda ABT.uz sayti yordamida bir necha turdagi test sinovlarini topshirishlari va o‘z bilimlarini mustahkamlab borishlari mumkin.

Kelayotgan 1-avgust imtihonlariga tayyorlanishda ushbu innovatsion usuldan ham foydalanib ko‘rsangiz aslo yutqamaysiz, hoziroq tizimdan ro‘yxatdan o‘tgan holda uning imkoniyatlarini sinab ko‘ring. Biz esa tizimning asosiy qulayliklari va boshqa bu kabi tizimlardan ustunliklarini batafsil yoritib beramiz.

Birinchidan, ayni damda tizim bazasi 30 mingtaga yaqin test savollaridan tashkil topgan, bunda kirish imtihonlarida mavjud barcha fundamental fanlar: matematika, fizika, kimyo, biologiya, ingliz tili, o‘zbek tili va adabiyoti, tarix, geografiya, informatika fanlaridan turli darajadagi testlar foydalanuvchilarga taqdim etiladi.  Tizim bazasi doimiy ravishda yangi test savollari bilan to‘ldirilib borilmoqda. Yaqin kunlarda rus tili va adabiyoti, fransuz va nemis tillari hamda qardosh tillar (qoraqalpoq, qozoq, tojik, turkman tillari) bo‘yicha ham test savollari ishga tushadi.

Ikkinchidan, tizimda mavzulashtirilgan testlarni topshirishingiz mumkin. Siz o‘zingiz uchun kerak bo‘lgan fanni va mavzuni tanlagan holda 10 tadan 40 tagacha bo‘lgan test savollaridan iborat sinovni xohlagancha topshira olasiz. Bunda foydalanuvchi tomonidan kamida ikki marta to‘g‘ri ishlangan savol foydalanuvchiga qayta taqdim etilmaydi, xato ishlanayotgan test savollari keyingi sinovlarda takroriy beriladi. Bu imkoniyat Sizning biror bir mavzuni chuqur va puxta o‘zlashtirishingizda katta yordam beradi.

Uchinchidan, tizimda blokli testlarni ishlash uchun Virtual imtihon topshirish imkoniyati mavjud. Foydalanuvchi tomonidan tanlangan mutaxassislik va oliy o‘quv yurtiga mos ravishda 3 ta fandan 36 talik, jami 108 ta test savoli 3 soat davomida taqdim etiladi. Bunda abituriyent huddi 1-avgust imtihonlarida bo‘lgani kabi test sinovini topshiradi hamda yakuniy natijalarga ega bo‘ladi. Bu usul abituriyentning kirish imtixonlariga tayyorgarlik darajasini mustaqil baholash uchun qulay vositadir. Tizimda istalgan vaqtda, istalgancha virtual imtihon topshirish imkoniyati mavjud. Virtual imtihonlar uchun 108 ta savoldan iborat blokli testlar doimiy yangilanib, ko‘paytirilib boriladi. Har xil variantlarda test savollarining qaytarilish darajasi juda ham minimal.  Ushbu havolani ochish orqali DEMO TEST topshirgan holda virtual imtihon topshirish jarayoni bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

To‘rtinchidan, foydalanuvchi topshirgan testlar va sinov natijalari uning shaxsiy profilida yig‘ilib boriladi. Bu esa uning bilim darajasini monitoring qilish, shaxsiy rivojlanish ko‘rsatgichlarini tahlil qilish va qaysi fanlarda qaysi mavzulardan ko‘rsatgichlari past ekanligini nazorat qilib borish imkoniyatini beradi. Abituriyent o‘z bilimlarini mustahkamlash uchun mavzuli testlar va virtual imtihonlarni qayta topshirgan holda bilimlarini mustahkamlab natijalarni yaxshilab borishi mumkin.

Beshinchidan, tizimni ishlab chiqish jarayonida foydalanuvchilar uchun maksimal qulaylik yaratishga katta etibor berilgan. Bunda:

Bundan tashqari tizimda yurtimizdagi oliy o‘quv yurtlari, ulardagi  mutaxassisliklar, har bir mutaxassislik uchun kirish imtihonlaridagi fanlar bilan tanishib chiqishi mumkin. Eng asosiysi 2014–2015–2016-yillarda o‘tqazilgan oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari natijalari qulay shaklda sizga taqdim etiladi. Bu ma’lumotlar yordamida Siz har bir ta’lim tili kesimida grant va kontrakt uchun kirish ballari, o‘rtacha o‘tish ballari, qabul kvotalari, arizalar soni va bitta o‘ringa mos kelgan abituriyentlar soni bilan tanishib chiqishingiz, ularni solishtirish va qulay usulda taqqoslashingiz ham mumkin. Bu qulayliklar Sizga oliy o‘quv yurti va mutaxassislikni ikkilanmay tanlashga katta yordam beradi.

Yaqin kunlarda tizimda bilimdonlarning davriy reytingi, shaxsiy rivojlanish ko‘rsatgichlarining dinamikasi va grafikasi, abituriyentning tanlagan mutaxassislik bo‘yicha mos oliy ta’lim muassasalariga kirish ehtimolligini baholash kabi imkoniyatlar qo‘shiladi. Mobil qurilmalar uchun ABT.uz saytining ilova dasturi ishga tushiriladi.

Agar Siz yoki farzandingiz, do‘stlaringiz abituriyent sifatida kirish imtihonlariga tayyorlanayotgan bo‘lsa, ushbu tizimni sinab ko‘rishni tavsiya etamiz. Xususiy repititorlar, tayyorlov kurslari va o‘quv markazlarini hamkorlikka taklif etamiz.

Reklama huquqi asosida

Опубликовано: admin (2-05-2017, 15:13)
+3 (голосов: 3)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 87) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют