» » 10 o‘zbekistonlik bokschining 9 nafari Jahon chempionati chiptasini qo‘lga kiritdi

10 o‘zbekistonlik bokschining 9 nafari Jahon chempionati chiptasini qo‘lga kiritdi


Kecha — 3-may kuni boks bo‘yicha Osiyo chempionatining chorak final uchrashuvlariga yakun yasaldi. Unda 10 nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tarildi.

-91 kilogramm vazn toifasida chempionlik uchun kurash olib borgan Sanjar Tursunov qozog‘istonlik Vasiliy Levitdan mag‘lub bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Shu jangni inobatga olmasa, qolgan 9 tasida o‘zbekistonliklar raqibidan ustun keldi.

Janglarning 4 tasida nokaut bilan yakunlandi. Rio—2016 ishtirokchilaridan Murod Ahmadaliyev, Shahram G‘iyosov va Bahodir Jalolov raqibini texnik nokautga uchratdi. Shuningdek, -64 kilogrammda Iqbol Xoldorov ham jangni muddatidan oldinroq yakunlashga muvaffaq bo‘ldi.

Yarim finalga yo‘llanma olgan bokschilar Germaniya mezbonlik qiladigan Jahon chempionatida ishtirok etadi.

-49 kg: Hasanboy Do‘stmatov — Jomart Yerjan (Qozog‘iston) — g‘alaba
-52 kg: Jasur Latipov — Sing Bisht (Hindiston) — g‘alaba
-56 kg: Murod Ahmadaliyev — Nima Dorji (Butan) — nokaut
-60 kg: Elnur Abduraimov — Farrand Papendang (Hindiston) — g‘alaba
-64 kg: Iqbol Xoldorov — Xung Ming Pan (Xitoy Taypeyi) — nokaut
-69 kg: Shahram G‘iyosov — Seon Xyong Li (Janubiy Koreya) — nokaut
-75 kg: Isroil Madrimov — Eumir Marsial (Filippin) — g‘alaba
-81 kg: Bektemir Meliqo‘ziyev — Shagboz Negmatulloyev (Tojikiston) — g‘alaba
-91 kg: Sanjar Tursunov — Vasiliy Levit (Qozog‘iston) — mag‘lubiyat
+91 kg: Bahodir Jalolov — Doxyeon Kim (Janubiy Koreya) — nokaut

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (4-05-2017, 06:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют