» » Murod Ahmadaliyev raqibini nokaut qildi va Jahon chempionatiga yo‘l oldi

Murod Ahmadaliyev raqibini nokaut qildi va Jahon chempionatiga yo‘l oldi


Osiyo chempionatining chorak final bosqichida o‘zbekistonlik 10 nafar bokschining barchasi bugun — 3-may kuni ringga ko‘tariladi.

Kunning birinchi jangida Rio—2016 sovrindori Murod Ahmadaliyev Butandan tashrif buyurgan Nima Dorjiga qarshi ringga chiqdi va raqibini ikki bor nokdaun holatiga tushira oldi. Ikkinchi nokdaundan keyin butanlik murabbiylar ringga oq sochiq otishga majbur bo‘ldi.

Shu tariqa o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Germaniyada bo‘lib o‘tadigan boks bo‘yicha Jahon chempionatiga yo‘llanmani naqd qildi. “Olamsport” nashrining ma’lumot berishicha, Ahmadaliyev qit’a chempionatining finali uchun janubiy koreyalik Yong Xun Xanga qarshi jang qiladi.

-56 kg: Murod Ahmadaliyev — Nima Dorji (Butan) — nokaut
-91 kg: Sanjar Tursunov — Vasiliy Levit (Qozog‘iston) — 11:45
-49 kg: Hasanboy Do‘stmatov — Jomart Yerjan (Qozog‘iston) — 14:00
-60 kg: Elnur Abduraimov — Farrand Papendang (Hindiston) — 15:30
-64 kg: Iqbol Xoldorov — Xung Ming Pan (Xitoy Taypeyi) — 16:15
-75 kg: Isroil Madrimov — Eumir Marsial (Filippin) — 17:30
-52 kg: Jasur Latipov — Sing Bisht (Hindiston) — 19:00
-69 kg: Shahram G‘iyosov — Seon Xyong Li (Janubiy Koreya) — 19:45
-81 kg: Bektemir Meliqo‘ziyev — Shagboz Negmatulloyev (Tojikiston) — 20:45
+91 kg: Bahodir Jalolov — Doxyeon Kim (Janubiy Koreya) — 21:45

Опубликовано: admin (3-05-2017, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 35) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют