» » OCh—2017. O‘zbekiston bokschilari dastlabki 10 ta jangning barchasida zafar quchdi

OCh—2017. O‘zbekiston bokschilari dastlabki 10 ta jangning barchasida zafar quchdi


Toshkent mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatining uchinchi kunida ringga chiqqan o‘zbekistonlik bokschilarning barchasi zafar quchishga muvaffaq bo‘ldi.

-52 kilogramm vazn toifasida mamlakat sharafini himoya qilayotgan Jasur Latipov musobaqaning birinchi kunidayoq ringga chiqib, raqibini mag‘lub etgandi. Uning ikkinchi jangi shu vazn toifasida birinchi raqamda saralangan qirg‘izistonlik Azat Usenaliyevga qarshi bo‘lib o‘tdi. “Olamport” ma’lumotiga ko‘ra, to‘qnashuv o‘zbekistonlik sportchining qiyin g‘alabasi bilan yakuniga yetgan.

-60 kilogramm vazn toifasida ringga chiqqan Elnur Abduraimov filippinlik Jeyms Paliste ustidan zafar quchdi va chorak final chiptasini naqd qildi.

Rio—2016 Olimpiadasini kumush medal bilan yakunlagan ikki bokschi uchun ham Osiyo chempionati muvaffaqiyatli boshlandi. Shahram G‘iyosov -69 kilogramm vazn toifasidagi ilk jangida iordaniyalik Ziyod Eashashni taslim eta oldi.

Bektemir Meliqo‘ziyev esa -81 kilogrammda eronlik Amin Ziyodiyni mag‘lub etishda katta qiyinchilikka duch kelmadi. 19 yoshli o‘zbekistonlik uchun bu yo‘lda bitta raund yetarli bo‘ldi va fors sportchisi nokautga uchradi.

Shu tariqa O‘zbekiston bayrog‘i ostida ringga chiqqan 10 sportchining barchasi dastlabki uch kun davomida raqiblarini mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi.

Endi o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari Osiyo chempionatining chorak finaliga tayyorgarlik ko‘radi. Bu bosqichdagi g‘alaba ularga Germaniya mezbonlik qiladigan Jahon chempionati yo‘llanmasini beradi.

Опубликовано: admin (3-05-2017, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 86) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют