» » Amerikalik musiqachi 70 yoshlik yubileyiga bag‘ishlangan konsert vaqtida vafot etdi

Amerikalik musiqachi 70 yoshlik yubileyiga bag‘ishlangan konsert vaqtida vafot etdi


Amerikalik musiqachi, Hampton Grease Band guruhi asoschisi Bryus Xempton 70 yoshga to‘lishi munosabati bilan o‘tkazilgan konsert dasturi vaqtida vafot etdi. Bu haqda NME xabar bermoqda.

Bryus Xemptonning tug‘ilgan kuniga bag‘ishlangan konsert tadbiri 2-may kuni Atlanta shahri (Jorjiya shtati)dagi Fox teatrida bo‘lib o‘tayotgandi. Artist 13 yoshli gitarachi Brendon Nederauerning yakkaxon chiqishi vaqtida sahnada yiqildi.

Sahnadagi boshqa musiqachilar Bryus Xemptonning yiqilishi shouning bir qismi deb o‘ylab, ijroni davom ettiraverdi. Keyinroq esa Xempton shifoxonaga yetkazildi va o‘sha yerda uning joni uzildi. O‘lim sababi ma’lum qilinmayapti.

Konsert ishtirokchilari orasida aktyor va musiqasi Billi Bob Tornton, R.E.M. guruhi gitarachisi Piter Bak, Phish guruhining barabanchisi Jon Fishman va boshqalar bor edi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (4-05-2017, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 45) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют