Afsonaviy Devid Boui Brit Awards mukofoti bilan abadiy taqdirlangan ilk xonanda bo‘ldi
2016-yilning yanvar oyida vafot etgan britaniyalik afsonaviy musiqachi Devid Boui (haqiqiy ismi Devid Robert Jons) Brit Awards’ning “Eng yaxshi ijrochi” va Blackstar albomi uchun “Eng yaxshi albom” nominatsiyasi mukofoti bilan abadiy taqdirlandi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Taqdirlash marosimi 22-fevral, chorshanba kuni Londondagi O2 Arena konsert maydonida bo‘lib o‘tdi. Brit Awards’ning birinchi mukofotini Boui nomidan amerikalik aktyor Maykl Karlayl Xoll, ikkinchisini esa musiqachining o‘g‘li Dunkan Jons qabul qilib oldi.
Mavzuga doir: Devid Boui o‘zining so‘nggi albomi uchun vafotidan keyin Grammy mukofoti bilan taqdirlandi
Qayd etish joiz, Devid Boui Brit Awards mukofoti bilan abadiy taqdirlangan ilk xonandaga aylandi.
Bastakor, xonanda, aktyor va rassom 2016-yilning 10-yanvar oyida, 69 yoshga to‘lganidan va 25-albomi – Blackstar chiqqanidan so‘ng ikki kun o‘tib vafot etdi. Bungacha u 1,5 yil davomida jigar saratoniga qarshi kurash olib bordi.
Mavzuga doir: Dunyodan o‘tgan Devid Boui nomi o‘lmaydi, Kubadan topilgan buqalamun mollyuskaga uning ismi berildi
Brit Awards – Grammy mukofotining britancha muqobili. Ushbu mukofotni eng ko‘p Robbi Uilyams qo‘lga kiritgan. Uning hisobida 17 ta (5 tasi Take That guruhi bilan qo‘lga kiritgan) Brit Awards mukofoti bor.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Добавить комментарий!
