» » Devid Boui o‘zining so‘nggi albomi uchun vafotidan keyin Grammy mukofoti bilan taqdirlandi

Devid Boui o‘zining so‘nggi albomi uchun vafotidan keyin Grammy mukofoti bilan taqdirlandi


2016-yilda vafot etgan britaniyalik rok-qo‘shiqchi va qo‘shiqlar muallifi Devid Bouiga Blackstar plastinkasi uchun “Alternativ janrdagi eng yaxshi albom” yo‘nalishida Grammy mukofoti topshirildi, deb yozadi “RBK”.

Ushbu yo‘nalishda mukofotga Amerikaning Bon Iver folk-guruhi, Britaniyaning Radiohead guruhi, Iggi Pop va qo‘shiqchi Pi Jey Xarvi o‘z albomlari bilan da’vogarlik qilgan edi.

Grammy mukofotiga, shuningdek, amerikalik qo‘shiqchi Beyonse ham sazovor bo‘ldi. Uning Lemonade qo‘shig‘iga olingan klipi eng yaxshi musiqiy klip deb topildi.

Britaniyalik qo‘shiqchi Adel esa “25” plastinkasi uchun “Pop janridagi eng yaxshi albom” yo‘nalishida Grammy’ni qo‘lga kiritdi. Unga shuningdek, Hello qo‘shig‘i uchun “Eng yaxshi yakkaxon pop-ijro” yo‘nalishida ham mukofot berildi.

Опубликовано: admin (13-02-2017, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют