» » Laureus Awards. Useyn Bolt yilning eng yaxshi erkak sportchisi, 19 yoshli Simona Baylz esa eng yaxshi ayol sportchi

Laureus Awards. Useyn Bolt yilning eng yaxshi erkak sportchisi, 19 yoshli Simona Baylz esa eng yaxshi ayol sportchi


Go‘zal Monakoda nufuzli Laureus Awards dunyoning eng kuchli sportchilarini yig‘ib, 2016-yil yakunlariga ko‘ra eng yaxshilarni aniqladi. Unga ko‘ra, yamaykalik yengil atletikachi Useyn Bolt hamda amerikalik gismastikachi Simona Baylz eng yaxshilar qatorida e’tirof etildi.

30 yoshli Boltga yilning eng yaxshisi bo‘lish uchun amerikalik basketbolchilar — Stefan Karri va LeBron Jeyms, britaniyalik atlet Mo Fara va shu o‘lkadan bo‘lgan tennischi Endi Marrey, portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu raqobatchilik qilgandi.

Rio—2016 Olimpiadasida o‘z hisobiga 4 ta oltin va 1 ta bronza medalini yozib qo‘ygan 19 yoshli Simona Baylz barchaning olqishi bilan yil yakunlariga ko‘ra jahonning eng yaxshi ayol sportchisi uchun atalgan sovrinni qabul qilib oldi. Unga bu borada dunyoning ikkinchi raketkasi — germaniyalik Anjelik Kerber, Rio Olimpiadasi chempionlari — britaniyalik velosportchi Lora Trott, amerikalik atlet Ellison Feliks, yamaykalik yengil atletikachi Eleyn Tompson, suzish bahslarida Olimpiadaning to‘rt karra g‘olibasi amerikalik Keti Ledeki raqobat hosil qildi.

“Olamsport” ma’lumotiga ko‘ra, turli nominatsiyalarda Formula-1 poygachisi Niko Rosberg, Angliya chempioni “Lester”, “Chikago Kabs” beysbol klubi ham g‘oliblar qatorida e’tirof etilgan.

Опубликовано: admin (16-02-2017, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют