» » Rishton hokimi kollej o‘quvchilari bilan uchrashib, ularning savollariga javob berdi

Rishton hokimi kollej o‘quvchilari bilan uchrashib, ularning savollariga javob berdi


Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishga qaratilgan tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Farg‘ona viloyati hokimligi axborot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Profilaktika kuni tadbirlari doirasida Bo‘ston qishlog‘i hududida 347-son militsiya tayanch punkti uchastka noziri G‘ayrat Niyozov birinchi marta keng jamoatchilik, mahalla faollari oldida hisobot berdi.

Uchastka nozirining ma’lum qilishicha, hududda joriy yilning yanvar—aprel oylari davomida birorta jinoyat sodir etilmagan.

Yig‘ilishda tuman faollari ham so‘zga chiqib, kunning dolzarb mavzulari bo‘yicha ma’ruzalar qilgan.

Shuningdek, Rishton iqtisodiyot va servis kasb-hunar kollejida “Hokim va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi. Uchrashuvda kollejning 250 nafarga yaqin o‘quvchilari, ularning o‘qituvchi va murabbiylari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida tuman hokimi ta’lim sohasida yaratilayotgan islohotlar, tizimdagi o‘zgarishlarni faktlar va misollar asosida tushuntirib berdi.

“O‘quvchilarning kollejdagi o‘quv jarayoni bo‘yicha mavjud kamchiliklar, malakaviy amaliyotlar o‘tash va ishga joylashish masalalari yuzasidan berilgan savollariga javoblar berildi”, — deyiladi viloyat hokimligi axborotida.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (5-05-2017, 00:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют