» » Shavkat Mirziyoyev “Toshkent qog‘ozi”ning binolarini ishbilarmonlarga ijaraga berish kerakligini ta’kidladi

Shavkat Mirziyoyev “Toshkent qog‘ozi”ning binolarini ishbilarmonlarga ijaraga berish kerakligini ta’kidladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi “Toshkent qog‘ozi” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tashrif buyurdi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Prezident hududlarga tashrifi chog‘ida bo‘sh yotgan yoki to‘la quvvat bilan ishlamayotgan obyektlarda bo‘lib, ularning negizida yangi sanoat korxonalari, kichik sanoat zonalari tashkil qilish chora-tadbirlarini belgilab bermoqda.

“Toshkent qog‘ozi” mas’uliyati cheklangan jamiyatining umumiy yer maydoni 12 gektardan ziyod, bino va inshootlar maydoni 4,5 gektar. Bu yerda ishlab chiqarishni tashkil etish uchun zarur infratuzilma, tayyor imkoniyat mavjud, deb yozadi O‘zA.

O‘zbekiston Prezidenti bu yerdagi imkoniyatlardan samarali foydalanish, zavod binolarini ishbilarmon va tadbirkorlarga imtiyozli asosda ijaraga berish, ularda eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish zarurligini ta’kidladi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (6-05-2017, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 23) ( 0) ( 22) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют